Eron poytaxti Tehron shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) transport vazirlari 13-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchilar IHT mintaqasida samarali, integratsiyalashgan va barqaror transport tizimini rivojlantirishga oid masalalar va istiqboldagi imkoniyatlar haqida fikr almashdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga Ozarbayjon, Afg‘oniston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekiston a’zo.

Muzokara davomida multimodal transport yo‘laklarini takomillashtirish, sohada raqamlashtirishni rag‘batlantirish, transchegaraviy savdo va tranzitni osonlashtirish, mintaqaviy kelishuv va dasturlarni amalga oshirish zarurligi tasdiqlandi.

Mamlakatimiz transport vaziri Ilhom Maxkamov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan transport va logistika sohasida o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish bo‘yicha ilgari surilgan takliflar, mazkur tashabbuslarni hayotga tatbiq etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Xususan, 2023 yil 8-9 noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan IHT 16-sammitida davlatimiz rahbari a’zo mamlakatlar aro transport-kommunikatsiya zanjirini mustahkamlash uchun zamonaviy tizimlarni keng joriy qilish maqsadida Toshkent shahrida tashkilotning Raqamli transport va bojxona ofisini tashkil etish tashabbusini ilgari surgan.

Vakilimiz mazkur tashabbusni amalga oshirish uchun transport va bojxona idoralari xodimlaridan iborat Ishchi guruh tuzgan holda yuk va bojxona hujjatlarini raqamlashtirish va o‘zaro tan olish mexanizmini ishlab chiqish taklifini bildirdi.

Yig‘ilishda vazirlar mavjud hamkorlikni chuqurlashtirishga umumiy intilishni yana bir bor tasdiqladilar. Shuningdek, infratuzilmani yaxshilash, transport siyosatini uyg‘unlashtirish va xususiy sektorning mintaqaviy transport loyihalaridagi ishtirokini kengaytirish uchun muvofiqlashtirilgan harakatlar va sarmoya zarurligi ta’kidlandi.

Strategik ustuvorlik, mintaqaviy transport va aloqalarni yaxshilash bo‘yicha jamoaviy yo‘l xaritasini belgilab beruvchi Tehron deklaratsiyasi qabul qilinishi tadbirning asosiy natijasi bo‘ldi. Hujjatda O‘zbekistonning Raqamli transport va bojxona ofisini tashkil etish hamda Samarqand aeroportini IHT aviatsiya xabi sifatida qabul qilish taklifi ham aks etdi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand aeroporti IHT aviatsiya xabiga aylanadi