"Los-Anjeles-2028" yozgi Paralimpiya o‘yinlarida 23 ta sport turi doirasida jami 4480 ta kvota ajratiladi. Bu, umumiy yo‘llanmalar soni Parijda o‘tgan yozgi Paralimpiya musobaqalaridan 80 taga ko‘p ekanini anglatmoqda.

Bugun, 4 iyun kuni Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi (IPC) 2028 yil Amerika Qo‘shma Shtatlarining Los-Anjeles shahrida o‘tkaziladigan XVIII yozgi Paralimpiya o‘yinlari musobaqalar dasturi va para sportchilar uchun ajratilayotgan yo‘llanmalar haqida e’lon qildi.

"Los-Anjeles-2028" yozgi Paralimpiya o‘yinlarida erkaklar o‘rtasida 267 ta, ayollar o‘rtasida 247 ta, aralash jamoaviy yo‘nalishda 46 ta, jami 560 ta dasturda medallar o‘ynaladi. Dasturlar soni "Parij-2024" yozgi Paralimpiya o‘yinlariga nisbatan 11 ta ko‘p ekanini ham ta’kidlash lozim.

–E’lon qilingan dastur va yo‘llanmalar miqdoridagi bir qator o‘zgarishlardan kelib chiqsak, Paralimpiya yo‘nalishlarida qiladigan ishlarimiz talay ekani ayonlashmoqda. Xo‘sh, "Los-Anjeles-2028"ning yangilangan dasturi va kvotalar miqdori bizga nima beradi? Avvalo, erkaklar para sport turlaridan 4 ta medalli dastur olib tashlanib, ayollar para sportiga 12 ta medalli yo‘nalishlar qo‘shilgani yurtimizda para sport rivojida gender tenglikni ta’minlash borasida olib borayotgan ishlarimiz to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganini ko‘rsatdi. Umuman olganda, ko‘plab sport turlarida, masalan para qilichbozlik, para dzyudo kabi yo‘nalishlarda vazn toifalardagi yangiliklar biz uchun yo‘nalishni belgilab olishimiz zarurligidan dalolat. Bundan tashqari, Los-Anjeles Paralimpiya o‘yinlari sport turlarining yangilangan ro‘yxatiga para qoyani zabt etish yo‘nalishi qo‘shilgani e’tiborli ekanini aytish lozim. Boisi, mamlakatimizda qoyani zabt etish sporti keyingi yillarda rivojlanmoqda, – deydi O‘zbekiston milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Hikmat Toshmatov.

E’lon qilingan dastur va kvotalar soni Los-Anjelesdagi to‘rt yillikning eng muhim turnirida Paralimpiya o‘yinlari tarixidagi eng ko‘p medallar jamg‘armasi o‘ynalishini ko‘rsatmoqda.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2028 yilgi yozgi Paralimpiya o‘yinlari dasturi e’lon qilindi