Muxolifat yetakchisi Li Chje Myon Koreya Respublikasida o‘tkazilgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovida g‘alaba qozonib, mamlakatning yangi yetakchisi sifatida qasamyod qildi. Bu haqda CNN yozgan.
Rasmiy natija shuni ko‘rsatdiki, Li asosiy raqibi, konservativ Xalq kuchi partiyasi vakili Kim Mun Sudan qariyb uch million ko‘p ovoz yiqqan.
Kim mag‘lubiyatni tan olib, Lini g‘alaba bilan tabrikladi va "xalq qarorini kamtarlik bilan qabul qilishi"ni ta’kidladi. Saylangan Prezident Seulda yig‘ilganlarga murojaat qilib, iqtisodiyotni tiklash uchun ishlash, hech qachon harbiy to‘ntarish bo‘lmasligini ta’minlashga va’da berdi.
Ayni payt Janubiy Koreyaning eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyoti AQSH Prezidenti Donald Trampning tarif siyosati va ehtimoliy turg‘unlik bilan bog‘liq global vaziyatga qarshi turish uchun jiddiy to‘siqlarni yengib o‘tishi zarur.
Musulmon Ziyo, O‘zA