Jamiyatdagi ijtimoiy-ma’naviy muhit – odamlarning ma’naviy qadriyatlari, axloqiy mezonlari va ruhiy holati bilan bog‘liq umumiy atmosferani tashkil qiladi. O‘zbekistonni global dunyoning bir qismiga aylanib borishi, xalqaro integratsiya jarayonlari ushbu ma’naviy muhitga sezilarli ta’sir qilayotgani hech kimga sir emas. Xususan, axborot maydonidagi tahdidlar, oilaviy tarbiyaga raxna soluvchi omillar, milliy qadriyatlarga bosim, diniy savodsizlik kabi masalalar dolzarbdir.

Birinchi omil: Axborot maydonidagi tahdidlar 

Texnologiyalar rivoji tufayli bugungi yoshlar axborotni asosan internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali oladi. Afsuski, bu axborot maydoni har doim ham xavfsiz emas – unda yolg‘on xabarlar (feyklar), zo‘ravonlik yoki buzg‘unchilik targ‘iboti, nojo‘ya media kontent keng tarqalgan. O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni yildan-yilga ortmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi paytda mamlakatda ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlar soni 46 millionga yetgan bo‘lib, ularning katta qismi yoshlar va voyaga yetmaganlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Yosh avlodning katta qismi virtual olamga sho‘ng‘igan bir sharoitda, zararli axborotlar ularning ongi va ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ehtimoli yuqori.

Yoshlar ijtimoiy tarmoqlarda uchraydigan turli-tuman ma’lumotni to‘g‘ri tahlil va talqin qila oladi deb ayta olmaymiz. O‘tkazilgan so‘rovlar natijasi bunga misol bo‘la oladi: “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik instituti o‘tkazgan tadqiqotda respondentlarning 35% dan ortig‘i berilayotgan axborotning ob’ektiv yoki sub’ektiv ekanini ajratishda, faktlarni tekshirishda qiynalishini bildirgan. Bu esa yolg‘on xabar va manipulyatsiyalarga yoshlar tez uchishi mumkinligidan dalolat beradi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi noqonuniy kontentlar ham jiddiy tahdid hisoblanadi. So‘nggi paytlarda O‘zbekistonda turli axloqsiz yoki qonunga xilof materiallar internetda ko‘paygani kuzatilmoqda. 

Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda ba’zi yosh bloger va vaynerlar ham shunchaki “layk” yig‘ish yoki quvnoq video qilish maqsadida qonun buzilishi mumkinligini yetarlicha anglamayapti. Masalan, ba’zi videolavhalarda ochiq-sochiq kiyimdagi qizlar ishtirokida odobga zid xatti-harakatlar namoyish etilayotgani yoki ruxsatsiz diniy mavzudagi materiallar tarqatilayotgani jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Internetda shunday noqonuniy materiallarni tarqatish – yolg‘on axborot, tuhmat, qo‘poruvchilikka chaqiriq, ekstremizm va pornografiya – bularning barchasi amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi. Afsuski, ko‘pchilik foydalanuvchilar buni bilmaydi yoki mensimaydi – hatto taqiqlangan postlarga “layk” bosish ham javobgarlikka olib kelishi mumkinligini tushunmaslikdir.

Hukumatimiz tominidan axborot xavfsizligini ta’minlash va zararli kontentdan himoyalanish bo‘yicha qator huquqiy baza yaratilgan. Jumladan, parlament tomonidan “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunga muvofiq, axborot mahsulotlarini yosh toifalariga ajratish va tarqatilayotgan materialda yosh cheklovini ko‘rsatib qo‘yish tartibi yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, 2018-yilda Vazirlar Mahkamasining 707-son qarori bilan internetdagi sayt, messenjer sahifasi yoki blogerga nisbatan qonun bilan taqiqlangan axborotni olib tashlash haqida ogohlantirish yuborish tartibi joriy qilindi. Ya’ni, nazorat organlari zararli yoki noqonuniy mazmundagi postlarni aniqlasa, uning muallifiga rasmiy ogohlantirish berib, o‘chirishni talab qilishi mumkin.

Yuqoridagi choralarga qo‘shimcha ravishda, axborot maydonidagi tahdidlarga qarshi quyidagi yechimlar taklif etiladi:

  1. Media savodxonlikni ta’lim tizimiga kiritish: Maktab va oliygoh dasturlariga yolg‘on axborotni aniqlash, internetdan xavfsiz foydalanish ko‘nikmalarini singdirish kerak. Yoshlar axborotni tanqidiy tahlil qilishni o‘rgansa, zararli kontent ta’siri kamayadi.
  2. Hukumat va idoralar muhim voqealar yuzasidan jamiyatga tezkor va aniq axborot yetkazishni yo‘lga qo‘yishi lozim. Bu mish-mish va feyklarning oldini oladi. Maxsus matbuot markazlari, “tezkor xabar” platformalarini kengaytirish shular jumlasidandir.
  3. Ota-onalar nazoratini kuchaytirish: Oilalarda bolalarning internetdan foydalanish vaqtini va mazmunini kuzatish, zararli saytlarni filtrlaydigan “Ota-ona nazorati” xizmatlaridan foydalanishni targ‘ib qilish kerak. Bundan tashqari, ota-onalarga farzandlarining onlayn hayoti haqida ochiq muloqot qilish, ularga do‘stona maslahat berish ko‘nikmasini oshirish bo‘yicha treninglar o‘tkazish foydali.
  4. Milliy va foydali kontent ulushini oshirish: Yoshlar bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazishi uchun qiziqarli va tarbiyaviy platformalar ko‘paytirilishi kerak. Masalan, o‘yinlar, filmlar, seriallar orasida milliy qadriyatlarni targ‘ib etadigan, yoshlarning didiga mos loyihalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash muhim. Bu nafaqat zararli axborotdan chalg‘itadi, balki ma’naviy olamni boyitishga yordam beradi.

Ikkinchi muhim omil- Oilaviy tarbiyaning roli 

Oila – jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, inson kamolotining ilk beshigi. Oilaviy tarbiya orqali bola hayotning dastlabki axloqiy va ma’naviy saboqlarini oladi. Ta’kidlanishicha, yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida oila tarbiyasi juda muhim o‘rin tutadi. Oiladagi muhabbat va hamjihatlik, ota-onaning obro‘si, kattalarning o‘zaro hurmati – bular barchasi bolaning dunyoqarashi va xulqini shakllantiradi. Shu bois oiladagi sog‘lom ma’naviy muhit butun jamiyat ma’naviyatining asosini tashkil etadi.

Mamlakatimizda azaldan mustahkam oila, avlodlar davomiyligi, kattalarga hurmat kabi qadriyatlarga katta e’tibor berib kelingan. Biroq so‘nggi yillarda oilaviy tarbiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi yangi omillar paydo bo‘lmoqda yoki avj olmoqda. 

Ajralishlar ortishiga turli omillar sabab bo‘lmoqda – ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklar, oilaviy kelishmovchilik, yoshlarning oilaviy hayotga tayyor emasligi va hokazo. Yana bir muhim omil – mehnat migratsiyasi tufayli oilalarning vaqtincha bo‘linishi. Ma’lumki, O‘zbekistonda ko‘plab mehnatga layoqatli erkaklar va ayollar xorijga – asosan Rossiya, Qozog‘iston va Janubiy Koreya kabi davlatlarga ishlashga ketishmoqda. Ularning ortida esa minglab bolalar ota yoki onasiz qolmoqda. Qishloq joylarda bugun “otasiz katta bo‘layotgan avlod” shakllanmoqda, deya ta’rif berilmoqda.

Bunday oilalarda bolalar tarbiyasi va nazoratida muammolar kelib chiqishi tabiiy. Yolg‘iz qolgan onalar butun ro‘zg‘or tashvishini ham, tarbiya mas’uliyatini ham yelkalariga oladi. Migratsiya ta’sirida o‘sgan bolalarning ta’limi va xulqida oqsashlar kuzatilgani haqida mutaxassislar ogohlantirmoqda. Bundan tashqari, chet elga ketgan ota-onalar farzandlari bilan uzoq masofadan aloqa qilishi, mehr ko‘rsata olmasligi tufayli bola va ota-ona o‘rtasida hissiy masofa paydo bo‘ladi. 

Oilaviy tarbiyaga raxna soluvchi yana bir omil ma’naviy muhit buzilishi,  bu – oilaviy janjallar, zo‘ravonlik holatlariga sabab bo‘lib, farzandlar ongi va qalbida ruhiy jarohat qoldirmoqda. Afsuski, OAVda voyaga yetmaganlarga nisbatan shafqatsizlik, ularga e’tiborsizlik bilan bog‘liq xabarlar uchrab turadi. Bunday oilalarda tarbiyaning o‘zi bor-yo‘q, degan savol kishini o‘ylantirib qo‘yadi. Ota-onalarning tarbiya borasidagi bilim va ko‘nikmalari yetarli emasligi ham dolzarb masala. Bugungi kunda yosh ota-onalarning aksariyati o‘zlari boshdan kechirgan eskicha uslublarni yoki aksincha, “ommaviy madaniyat”dan o‘zlashtirgan begona uslublarni qo‘llamoqda. Bu esa yosh avlod tarbiyasida uzviylik va izchillik buzilishiga olib kelishi mumkin.

Yana bir jihat – texnologiyalashgan hayotni oilaviy muloqotga putur yetkazishi. Ko‘pgina oilalarda bolalar va ota-onalar ko‘p vaqtini televizor, telefon qarshisida o‘tkazib, bir-biri bilan samimiy suhbat qurishi, birgalikda kitob o‘qish kabi an’anaviy tarbiya shakllari kamayib bormoqda. Bu esa oilaviy rishtalarni zaiflashtiradi, farzandning qalbidagi bo‘shliqni boshqa tashqi manbalar to‘ldirishiga sharoit yaratadi (ko‘cha, internet va hokazo).

Yuqoridagi barcha omillar natijasida oilaning jamiyatdagi “tarbiya o‘chog‘i” vazifasi izdan chiqsa, bu to‘lqin bo‘lib ijtimoiy-ma’naviy muhitga ta’sir qiladi. Oiladan yetarlicha mehr va nazorat olmagan, ta’lim-tarbiyasi sust qolgan yoshlar turli zararli oqimlarga berilishi, qiynalganida qo‘llov topa olmagach, ruhiy tushkunlikka tushishi ehtimoli oshadi. Shu sabab, oilaviy tarbiya sohasidagi muammolarni hal etish eng ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Prezidentimiz va Hukumatimiz olib borayotgan siyosatda oilani qo‘llab-quvvatlash va ma’naviy sog‘lom muhitni ta’minlash masalasi markaziy o‘rin tutmoqda. 2022 yil 7 martda Prezident farmoni bilan “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlash” bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi. Unda oila institutini mustahkamlash, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni targ‘ib etish orqali oilalarda sog‘lom ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash vazifasi qo‘yilgan. Bu farmon ijrosini ta’minlash uchun joylarda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Oila va xotin qizlar ilmiy-tadqiqot instituti faoliyat yuritmoqda. Qolaversa, bu boradagi yana bir amaliy harakat 2021yilda qabul qilingan “Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash milliy strategiyasi”da ham oilalardagi tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, ayniqsa, “qarovsiz qolgan” yoshlarni aniqlab, ular bilan shug‘ullanish choralari belgilangan. 

Shuningdek, oilalarni mustahkamlash va ajralishlarning oldini olish borasida aniq amaliyotlar ham joriy qilinmoqda. Toshkent viloyati Ohangaron shahrida tajriba tariqasida joriy etilgan “Oilaviy nizolarni hal qilish markazi” bunga yorqin misoldir. Ma’lumotlarga ko‘ra, shu “Ohangaron tajribasi” asosida 27 mingdan ortiq nizoli oila yarashtirilib, ajrashib ketish oldi olingan. Bu amaliyotni boshqa hududlarga ham tatbiq etish rejalashtirilgan. Yana bir muhim tashabbus – Sergeli tajribasi: bu asosda 138 mingdan ziyod nikoh qurayotgan yoshlar maxsus o‘quv kurslarida oilaviy hayotga tayyorlangan. Yoshlarga, o‘sib kelayotgan yosh avlodga ibrat qilib ko‘rsatish maqsadida hududlarda “Ibratli oila” ko‘rik-tanlovi yo‘lga qo‘yilib, 208 ta namunali oilaga maxsus ko‘krak nishonlari topshirildi. Shuningdek, “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” degan tanlovlar natijasida 45 mingdan ziyod oila ibratli deb e’tirof etildi. Bunday e’tiroflar boshqa oilalarni ham bir-biridan o‘rganishga, oila qadriyatlarini mustahkamlashga undaydi. Oilaviy tarbiya muammolarini hal qilish va oilalarda sog‘lom muhitni ta’minlash uchun quyidagi chora-tadbirlar taklif etiladi:

  1. Yosh oilalarni hayotga tayyorlash: Nikohdan oldin va nikohning dastlabki davrida psixologik treninglar, maslahatlar tizimini kengaytirish lozim. Bunda oila byudjeti, nizolarni hal qilish, farzand tarbiyasi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berilishi kerak.
  2. Ajralishlarning oldini olish: Har bir mahallada nizoli oilalar bilan ishlaydigan, muammo ildizini aniqlab, yarashtirishga ko‘maklashuvchi ijtimoiy xodimlar shtatini joriy etish. Oilaviy konsultatsiya markazlarini viloyatlar kesimida ko‘paytirish va ular faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash darkor. (Ohangaron tajribasi natijalari bu usul samaradorligini ko‘rsatdi)
  3. Migratsiya oqibatlarini yumshatish: Chet elga ishlagani ketayotgan ota-onalarga farzandlarini imkon qadar o‘zi bilan olish, yoki oilani bo‘linmaslikka intilishga rag‘batlantirish lozim. Agar ajralmaslikning imkoni bo‘lmasa, yuqorida aytilgan vasiy tayinlash tartibini qat’iy nazorat qilish. Shu bilan birga, migrantlarning ortda qolgan oila a’zolariga mahalla va davlat organlari alohida e’tibor qaratib (masalan, bolalarni to‘garaklarga jalb qilish, bepul ovqatlantirish, psixologik yordam), ularning qiynalmay, tarbiyasi izdan chiqmay yashashini ta’minlashi lozim.
  4. Oilaviy qadriyatlar targ‘ibotini kuchaytirish: OAVda milliy oilalarning ijobiy namunalari, mehr-oqibat haqidagi ko‘rsatuv va filmlarni ko‘paytirish. Ayniqsa, yoshlar ko‘p tomosha qiladigan formatlarda (masalan, internet seriallari, blogerlar kontenti) ota-ona hurmati, farzand mas’uliyati kabi g‘oyalarni singdirish zarur. Shuningdek, “ XXI asr ota-onasi” kabi mavzularda tanlovlar, forumlar o‘tkazib, zamonaviy jamiyatda ota-ona bo‘lish san’ati keng muhokama qilinishi muhim.
  5. Iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash: Ko‘plab oilaviy nizolar va ajralishlar ortida moddiy yetishmovchilik turgani sir emas. Shuning uchun “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida yosh oilalarga imtiyozli kreditlar, uy-joy dasturlari bilan yordam berish, kam ta’minlangan oilalarni manzilli ijtimoiy himoya qilish davom ettirilishi zarur. Oila farovon bo‘lsa, ma’naviy muhit ham barqaror bo‘lishi osonlashadi.
  6. Ota-onalar uchun ta’lim: Farzand tarbiyasiga oid maxsus kurslar va qo‘llanmalar ishlab chiqish va bepul tarqatish taklif qilinadi. Masalan, poliklinikalarda yosh onalar maktabi, maktablarda “ota-ona universiteti” kabi tashabbuslar orqali ota-onalarga bolalar psixologiyasi, kommunikatsiya va ma’naviy tarbiya asoslari o‘rgatilsa, ular zamon bilan hamqadam bo‘lib, farzandlari ehtiyojini yaxshiroq tushunadi.

Xulosa qilib aytganda, baxtli va mustahkam oilalar jamiyat ma’naviyatining poydevori bo‘lib xizmat qiladi. Oilaga e’tibor – kelajakka e’tibor ekanini inobatga olib, davlat va jamiyat barcha darajada ushbu yo‘nalishni ustuvor vazifa qilib olishi lozim. Oilalar sog‘lom bo‘lsa, farzandlar barkamol, jamiyat esa barqaror bo‘ladi.

J. BOLTAEV,

Sh. YUNUSALIEVA,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat 

markazi mas’ul xodimlari. 

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy-ma’naviy muhitga ta’sir etuvchi omillar: axborot maydoni va oilaviy tarbiya