Armanistonning Jermuk shahrida o‘tayotgan “Stepan Avagyan Memorial-2025” turnirining ortda qolgan 6-turida 4 ta juftlik o‘yinlari durang bilan yakunlangan bo‘lsa, 1 ta o‘yinda g‘alaba qayd etildi.

Mazkur turda qora donalarda hindistonlik Aravind Chitambaramga qarshi harakatlangan Yoqubboyev g‘alabaga teng durangga erishdi.

O‘yinning 10-yurish holatida tomonlar murosa yo‘lini tanladi. Ushbu natija orqali hamyurtimiz ochkolari sonini 2,5 taga yetkazib olgan bo‘lsa, Aravind Chitambaramning ochkosi 4 tani tashkil etdi. Ushbu turda hindistonlik Rameshbabu Praggnanandxa oq donalarda Gledura Benyaminni yengib, 4 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga peshqadamlikka ega chiqdi.

Bugun, 4 iyun kuni tashkil etiladigan 7-tur uchrashuvlarida shaxmatchimiz Nodirbek Yoqubboyev oq donalarda daniyalik Yonas Bul Berre bilan, turnir peshqadami Rameshbabu Praggnanandxa qora donalarda armanistonlik Aram Hakobyan bilan kuch sinashadi.

Mukofot jamg‘armasi 19 ming 200 AQSH dollaridan iborat turnir 9 ta turdan iborat bo‘lib, musobaqalar 6 iyunga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hind shaxmatchisi bilan durang o‘ynagan Yoqubboyev Daniya vakiliga qarshi dona suradi