Poytaxtimizdagi "Saxovat Sport Servis" majmuasida ayollar o‘rtasida Xalqaro tennis musobaqalari taqvimidan joy olgan W15 toifasiga kiruvchi xalqaro tennis turniri boshlandi.

Musobaqaning ilk kunida juftlik bellashuvlari o‘tkazildi. Unda hamyurtimiz Darya Shubina neytral maqomdagi tennischi Varvara Panshina bilan tandemda yaponiyalik Kanako Osafuna va Pamu Uedani 6:1, 6:2 hisobida yengdi va chorak finalda Janubiy Koreya vakillari Bo Yung Jeong va Yujin An bilan kuch sinashadagin bo‘ldi.

Shuningdek, ushbu bosqichda Nasiba Espolova hamda Diana Yakovleva dueti Nigina Alimova va Zlata Chinnova bilan raqobatlashdi. Mazkur o‘zbek derbisida Nasiba va Diana 6:3, 4:6, 10:3 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa chorak finalga yo‘l olgan N.Espolova/D.Yakovleva yarim final yo‘llanmasi uchun neytral tennischilar Kseniya Laskutova va Ustiniya Lekomseva juftligi bilan kuch sinashadi.

Musobaqaning yakkalik bahslarida esa quyidagi tennischilarimiz ishtirok etadi:

Nigina Abduraimova – Darya Zelinskaya (neytral tennischi)

Sabrina Olimjonova – Darya Xomutsianskaya (neytral tennischi)

Darya Shubina – Arujan Sagandikova (Qozog‘iston)

Vlada Yekshibarova – Uladzislava Zverava (neytral tennischi)

Zlata Chinnova – Vaishnavi Adkar (Hindiston)

Diana Yakovleva – Yujin An (Janubiy Koreya)

Maftunabonu Qahramonova – Kseniya Laskutova (neytral tennischi)

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennis malikalari Toshkentda jam bo‘ldi