24 may kuni “China-Europe Express” yuk poyezdi Xitoyning Uxan shahridan birinchi marta Gruziyaga jo‘nab ketdi, deb xabar tarqatdi mahalliy ma’muriyat.
Ushbu Kavkaz mamlakatiga qariyb 2 million 600 ming dollarlik yengil sanoat mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi texnikasi, qurilish materiallari va boshqa tovarlar yetib boradi. Safar Qozog‘iston, Kaspiy dengizi (paromda), Oqtov porti va Boku orqali Gruziyagacha taxminan 18 kun davom etadi.
Uxan hukumati Gruziyaning Ipak yo‘li iqtisodiy makonidagi tranzit markazi o‘laroq strategik ahamiyatini alohida ta’kidlagan.
Ushbu yo‘nalish Gruziya birinchi marta “China-Europe Express” poyezdining yakuniy manzili sifatida ko‘rilayotganini tasdiqlaydi.