Respublikachi Lindsi Grem va demokrat Richard Blumental Parijda Prezident Vladimir Zelenskiy bilan uchrashgandan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deb yozdi “Politico” nashri.

– AQSHning keng qamrovli sanksiya to‘g‘risidagi qonuni loyihasi G‘arb uchun Kreml urushga yo‘naltirayotgan iqtisodiyotni bo‘g‘ishga qaratilgan so‘nggi imkoniyat bo‘lishi mumkin, – deydi senatorlar.

Grem Putin haqida gapirarkan, “bilganim shuki, u urushga ko‘proq tayyorlanyapti”, dedi. Blumental esa, “Putin va butun dunyo uchun inqiroz davri keldi, chunki Rossiya yangi hujum boshladi”, deya xavotir bildirgan.

Ayni tashabbus zamirida, deyarli, butun Senat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, Vashingtonda esa noaniq qarama-qarshilikka duch kelayotgan ikki partiyaviy sanksiya to‘g‘risidagi qonun bor. Mazkur hujjat orqali Rossiyaning neft, gaz, uran va boshqa mahsulotlarini sotib olishda davom etayotgan mamlakatlarga 500 foiz tarif joriy qilinishi nazarda tutiladi.

Grem hujjatni “Senatda men ko‘rgan eng dahshatli qonun loyihasi” deb atadi. 

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amerikalik senatorlar: Putin urushga ko‘proq tayyorlanmoqda