Nashrda asosiy e’tibor O‘zbekistonning tarixiy, madaniy va iqtisodiy imkoniyatlari uyg‘unligi, zamonaviy rivojlanish yo‘li, Xitoy bilan savdo-iqtisodiy aloqalarga qaratilgan.

Shuningdek, unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi loyihasi ishga tushirilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatining matni e’lon qilingan.  

Jurnal sahifalarida O‘zbekiston tomonidan ilgari surilayotgan ekologik tashabbuslar, iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlari, ayniqsa, global issiqlik, tabiiy ofatlar va ekologik muammolarga qarshi kurashish kabi masalalar keng yoritilgan. Bunda “Yashil makon” umummilliy loyihasi, Orol dengizi falokatining oqibatlarini yumshatish, suvni tejash texnologiyalarini joriy etish va “yashil” energiyani rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlar alohida e’tirof etilgan.  

Mazkur sonda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakovning “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish doirasida 2025 yil uchun mo‘ljallangan Davlat dasturining ahamiyatiga bag‘ishlangan maqolasi ham chop etildi.  

Maqolada Davlat dasturini ishlab chiqishdagi ochiqlik va jamoatchilik muhokamalari, shuningdek, aholi turmush darajasini oshirish, yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi islohotlar hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar atroflicha yoritib berilgan,  deyiladi “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ma’lumotida.  

Shuningdek, jurnalda yoshlar siyosati va ta’lim islohotlari, yosh avlodga sarmoya kiritish va global ta’lim standartlariga erishish borasida O‘zbekistonning qat’iyatli qadamlari aks ettirilgan.  

Umuman olganda, “Lookwe” jurnalining O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus soni – mamlakatimizning xalqaro maydondagi o‘rnini mustahkamlash, uning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik loyihalarini xorijiy hamkorlarga yetkazishda muhim rol o‘ynaydi.  

A. RUSTAMOV,

 O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoyning “Lookwe” jurnali maxsus soni O‘zbekistonga bag‘ishlandi