Turizm qo‘mitasining ma’lum qilishicha, 6-8 iyun kunlari Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan hududlarda faoliyat olib borayotgan ko‘plab mehmonxonalar xizmat uchun 20 foizgacha chegirmalar e’lon qilgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, mazkur chegirmalar ixtiyoriy.
Shuningdek, “Vaqf" xayriya jamoat fondiga qarashli pullik ziyoratgohlar ham chegirmalar berishni rejalashtirgan. Xususan, Qurbon hayiti bayrami kunlari nogironligi bor, yoshi katta va yosh bolalarga ziyoratgohlarga kirish bepul etib belgilandi.
Ushbu chegirmalar aholining maroqli dam olishi uchun sharoit yaratish va ichki turizmga sayohlarni jalb qilish maqsadida joriy etilmoqda.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA