"ZAKOVAT" intellektual klubida ALOHA Mental arifmetika bo‘yicha 8-Respublika bolalar musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda respublikamizning ko‘plab shaharlaridan 5 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan 400ga yaqin bolalar ishtirok etdi.

Ma’lumki, Abacus Learning of Higher Arithmetic – ALOHA yosh bolalar uchun mo‘ljallangan, miyaning ikkala yarim shari uyg‘un rivojlanishiga yordam beruvchi va qiziqarli tarzda o‘tkaziladigan xalqaro mental arifmetika dasturi.

ALOHA jamoasi bu borada 2017 yildan buyon muntazam ravishda Respublika musobaqalarini tashkil etib kelmoqda. Bu - bolalar uchun o‘z qobiliyatlarini ko‘rsatish, eng yaxshi natija uchun mukofot olish, do‘stlari va oilasi bilan qiziqarli va foydali vaqt o‘tkazish imkoniyati.

Bugungi kunga qadar AQSH, Kanada, Rossiya, Meksika, Germaniya, Irlandiya, Ispaniya, Hindiston, Xitoy, Malayziya kabi dunyoning 45 ta davlatida 4 milliondan ortiq bola patentlangan ALOHA dasturi bo‘yicha muvaffaqiyatli ta’lim olmoqda.  

Mental arifmetika shunchaki yo‘nalish emas. Bu ajralmas texnika bo‘lib, uning yordamida bolaga nafaqat kalkulyatordan tezroq hisoblashni o‘rgatish, balki uning ijodiy salohiyatini, tahlil qilish va tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish mumkin. Bu, butun miyani rivojlantirishga yordam beradi va ishonchni mustahkamlaydigan va hayotning barcha sohalarida muvaffaqiyatga hissa qo‘shadigan xotira va ijodkorlik kabi asosiy ko‘nikmalarni yaxshilaydi.

Tadbir davomida bolalar ko‘ngilochar dasturlar, jumladan, o‘qituvchilar bilan o‘quv o‘yinlarini o‘tkazishdi. G‘oliblarga sertifikatlar topshirildi.

Barcha ishtirokchilar esdalak sovg‘alari bilan taqdirlandi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/qIErvjVpMFM?si=aNcowXhZ8xiAQ679" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mental arifmetika bo‘yicha bolalar bilimi sinovdan o‘tkazildi (+video)