FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi «Yunusobod» sport majmuasida futzal bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslarining final qismi bo‘lib o‘tdi.
[gallery-23727]
O‘zbekiston futzal federatsiyasi kubok bahslarining yanada qiziqarli va murosasiz o‘tishini ta’minlash maqsadida mazkur musobaqaga mukofot pullari miqdorini tasdiqlagan edi. Unga ko‘ra, musobaqa yarim finalchilariga 50 million so‘mdan, ikkinchi o‘rin sohibiga 100 million so‘m mukofot puli berilishi kerak edi. Mamlakat kubogi sohibi esa 200 million so‘m mukofot puliga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgandi.
Xuddi shunday bo‘ldi ham. Final uchrashuvida «Oil Star» jamoasini 4:1 hisobida mag‘lub etgan «BMB» futzal klubi 200 million so‘m hamda mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, qolgan sovrindor jamoalar ham ko‘zda tutilgan mukofot pullariga ega bo‘ldi. Turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topilgan futzalchilar ham taqdirlandi.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA