Qonunchilik palatasining majlisida iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Davlat byudjetining 2024 yildagi ijrosi to‘g‘risida hisobot berar ekan, o‘tgan yilda mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o‘sish ta’minlanganini qayd etdi:

— 2024 yilda yalpi ichki mahsulot hajmi 2023 yilga nisbatan 6,5 foizga o‘sib, 115 mlrd. AQSH dollariga yetdi. Aholi jon boshiga 3 ming 93 dollar to‘g‘ri keldi. Iqtisodiy o‘sishning asosiy drayveri bo‘lgan xizmatlar sohasi 12,9 foizga, qurilish sohasi 8,8 foizga hamda sanoat sohasi 6,8 foizga o‘sgan. Shuningdek, mamlakatda yillik inflyatsiya 9,8 foizni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasi 65,9 mlrd. dollarga yetdi.  

2024 yil uchun Davlat byudjeti daromadlari 274, 4 trillion so‘mni tashkil etib, belgilangan miqdordan 3,7 trillion so‘mga ko‘p bo‘ldi, 2023 yilga nisbatan esa 118,4 foizga bajarilgan. Davlat byudjeti xarajatlari esa qariyb 111 foizga bajarilgan. Mol mulk va yer solig‘i bo‘yicha tushumlar 2023 yilga nisbatan 25 foizga ko‘paydi. Bular 2024 yilda ham barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash imkonini berdi, —dedi Bosh vazir o‘rinbosari.

Shuningdek, hisobotda Davlat byudjeti xarajatlari, birinchi navbatda, ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgani, byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchilarning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilgani, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, uy-joy bilan ta’minlash dasturlari uchun mablag‘lar moliyalashtirilgani alohida ta’kidlandi. Davlat byudjeti mablag‘larining 49 foizi yoki 152,3 trln. so‘mi ijtimoiy soha xarajatlarini moliyalashtirishga sarflangan bo‘lsa, ushbu xarajatlarning 89,3 foizi ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, uy-joy bilan ta’minlash dasturlarini moliyalashtirishga yo‘naltirilgani ijobiy holdir.

— 2024 yilda hududlarda 100dan ortiq xonadonlar foydalanishga topshirildi. 65 mingdan ortiq fuqaroning olgan kreditlari foizining bir qismini to‘lab berish uchun 902 mlrd. so‘m ajratildi. 17 ming fuqaroga ipoteka kreditlarining boshlang‘ich badal to‘lovlari uchun 508 mlrd. so‘m ajratildi. Tijorat banklari tomonidan 59 ming fuqaroga 17 trln. so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi.  

[gallery-23736]

“Tashabbusli byudjet” uchun ajratilgan mablag‘lar 6 trillion so‘mdan oshdi. 2024 yildan boshlab keng jamoatchilikning takliflari inobatga olingan holda “bir fuqaro — bir ovoz” tamoyili joriy etilib, shaffoflik yanada oshirildi. 3 ming 44 ta mahalladagi 4 ming 768 ta loyiha g‘olib deb topildi. Natijada har uchta mahallaning birida ijtimoiy muammolarga yechim topilmoqda, — dedi Jamshid Qo‘chqorov o‘z hisobotida.  

Muhtarama Komilova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
J.Qo‘chqorov: 59 ming fuqaroga 17 trillion so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi