Butunjahon fidjital hamjamiyatining Dubayda o‘tkazilgan “WPC Awards 2025” tadbirida o‘zbekistonlik fidjital-sport turi vakillarining yutuqlari e’tirof etildi.
Dunyo bo‘ylab fidjital-sportning rivojlanishiga hissa qo‘shayotgan mamlakatlar uchun tashkil etilgan xalqaro tadbirda O‘zbekiston fidjital-sport federatsiyasi Jahon fidjital hamjamiyatining oltin a’zolik maqomiga ega bo‘lgani e’lon qilindi.

Mukofot mamlakatimizda yangi davr sporti deya tan olingan ushbu sport tizimini rivojlantirish borasidagi faol ishlar amalga oshirilayotganining yorqin ifodasi deyish mumkin.
Jahon fidjital hamjamiyati tomonidan topshirilgan sertifikat va maxsus mukofotni O‘zbekiston fidjital sport federatsiyasi raisi o‘rinbosari Jasur Akromov qabul qilib oldi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA