Qozog‘istonda baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi xalqaro musobaqada baydarkachilarimiz shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Gap shundaki, Uralsk shahrida o‘tgan mazkur xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 tadan oltin, kumush va bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Mazkur musobaqada ishtirokchilari 200 hamda 500 metr masofalarda o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi. Quvonarlisi, K-2 bo‘yicha 200 metr masofaga o‘tkazilgan bahslarda Nursulton Yamonqulov va Zarruh Mamasharipov tandemi oltin medalga ega chiqdi. Nursulton va Zarruh ushbu yo‘nalishning 500 metr masofadagi poygalarida marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi.
Shuningdek, Zarruh Mamasharipov turnirning yakkalik bahslari bo‘yicha 500 metr masofada tashkil etilgan bellashuvlarda shohsupaning uchinchi pog‘onasidan o‘rin oldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA