Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) 2025 yil iyun oyi uchun turli yosh toifalari, erkaklar va ayollar hamda yoshlar o‘rtasida TOP-100lik reyting jadvalini e’lon qildi.

Dunyoning eng kuchli shaxmatchilari reytingida kuchli o‘nlik ro‘yxatda deyarli o‘zgarish ro‘y bermadi. Hamon Magnus Karlsen yetakchilik qilmoqda.

O‘zbekistonlik shaxmatchilardan Nodirbek Abdusattorov 2767 ball bilan 6-pog‘onada bormoqda. Shuningdek, mahoratli shaxmatchilarimizdan Javohir Sindorov 2710 ball bilan 29, Rustam Qosimjonov 2675 ball bilan 47, Nodirbek Yoqubboyev 2659 ball bilan 65, Shamsiddin Vohidov 2644 ball bilan 82-qatorni band etdi.

Ayollar reytingida xitoylik 5 nafar shaxmatchi yetakchilik qilayotgan vaziyatda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Gulruhbegim Tohirjonova 2370 ball bilan TOP-100lik ro‘yxatning 68-qatorida ko‘rinish berdi.

Yoshlar reytingida esa hamyurtlarimizdan Javohir Sindorov TOP-100likda 3-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, Muhiddin Madaminov 2536 ball bilan 30-pog‘onada bormoqda. Mazkur reytingdan yosh iqtidor egalaridan Muhammadzohid Suyarov va Humoyun Bekmurodovning o‘rin egallagani e’tiborli.

Shaxmatchi yosh qizlar reytingida mamlakatimiz vakillaridan Afruza Hamdamova 16, Umida Omonov 59, Guldona Karimova 85-o‘rinlarda bormoqda.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FIDEning iyun oyidagi reytingida o‘zbekistonlik shaxmatchilar qaysi o‘rinlarni egalladi?