Mamlakatimizda suv sport turlarini yanada ommalashtirish, ayniqsa sohil suv polosi bilan shug‘ullanuvchilar sonini yanada oshirish hamda ushbu yo‘nalishdagi terma jamoamiz tarkibiga iqtidorli sportchilarni saralash maqsadida Toshkent viloyatida sohil suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.

Musobaqaning ayollar o‘rtasidagi bahslarida “Uzbekistan Aquatics” jamoasi oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Germes” jamoasi faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi. “SKUF” jamoasi esa ushbu yo‘nalishda kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Erkaklar o‘rtasidagi mamlakat chempionati bahslarida raqiblaridan har jihatdan ustunlik qilgan Namangan viloyati jamoasi shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy olgan bo‘lsa, “Germes” jamoasi kumush, Toshkent viloyati jamoasi esa bronza medaliga ega chiqdi.  

Mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 12 ta jamoa ishtirokida o‘tkazilgan sohil suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sohil suv polosi bo‘yicha mamlakat chempionati g‘oliblari aniqlandi