Chexiya kutubxonalari uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan reprezentativ so‘rov natijasida Sharq mamlakatlari madaniyatiga bag‘ishlangan tadbirlar juda ko‘p qiziquvchilarni jalb qilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Sharq ertaklari, she’r va hikoyalari aks etgan kitoblar, nashrlar ham mahalliy kitobxonlar orasida ancha talabgir ekan. Ko‘pchilik Sharq xalqlarining an’ana va urf-odatlari bilan adabiyot orqali tanishish istagini bildirmoqda.

Bu holat xalqaro aloqalar kengayishi, Osiyo mamlakatlarida turizm rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Ekspertlar Sharq adabiyoti ommalashishi ikki qit’a o‘rtasidagi madaniy almashinuv va aloqalar mustahkamlanishiga xizmat qiladi, deb hisoblaydi. Umuman, Yevropaning ushbu davlati aholisi jahon adabiyoti xilma-xilligini yoqlaydi.

M.Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chexiyada Sharq adabiyotiga qiziqish kuchaymoqda