Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursi tinglovchilarining tantanali qasamyod qabul qilish marosimi va bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari, keng jamoatchilik vakillari hamda tinglovchilarning yaqinlari ishtirok etdi. Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng, tinglovchilar Vatanga, xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilishga, qonunlarga rioya etgan holda o‘z xizmat burchini sidqidildan bajarishga tantanali ravishda qasamyod qabul qildilar.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar, Ichki ishlar organlari salohiyatini oshirish borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ona yurtga mehri va sadoqatini oshirishga institutdagi o‘quv jarayonlarida alohida e’tibor qaratilganligini e’tirof etdilar.

Tadbirda o‘quv dasturlar talablarini to‘liq o‘zlashtirgan yakuniy sinov-imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

O‘quv kursi davomida o‘zining kasbiy, bilimlarini oshirish, amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirish, dunyoqarashini yanada kengaytirishga intilib, yuqori ko‘rsatkichlarga erishgani va namunali xulqi uchun bir guruh tinglovchilarning ota-onalariga tashakkurnomalar berildi.

Shuningdek, bitiruvchilarga kelgusi xizmat faoliyatlarida omad, mas’uliyat va halollik yor bo‘lishi tilandi. Mazkur tadbir yosh xodimlarda Vatanga xizmat qilishdek sharafli va mas’uliyatli burchni chuqur anglash hissini yanada mustahkamladi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/kwHVJugI0p4" title="Ichki ishlar sohasida yangi mutaxassislar safga qo‘shildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, U.To‘xtayev (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ichki ishlar sohasida yangi mutaxassislar safga qo‘shildi (+video)