O‘zbekiston yerlarining har qarichi zarga teng. Yurtimizda pishib yetilayotgan meva-sabzavotlar, poliz mahsulotlari nafaqat ichki, balki tashqi bozorlarda ham yuqori qadrlanadi, sevib iste’mol qilinadi. Xalqimizga berilgan ana shu ne’matlardan oqilona foydalanish, bozorlarimiz rastalari to‘kinligini ta’minlash, mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish maqsadida joriy yilning 14 fevral kuni davlatimiz rahbarining “Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Ushbu huquqiy hujjat soha oldiga bir qator vazifalar qo‘ydi va istiqboldagi rejalar belgilab olindi. Ayniqsa, tarmoqqa katta miqdorda moliyaviy resurslar ajratilishi tomorqa faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishi lozim edi. Bu borada qilinayotgan ishlar, vazifalar ijrosi, tomorqachilikdagi yangiliklar xususida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Yarashbek Xudoyqulov va bosh mutaxassisi To‘lqin Turanov bilan suhbatlashdik. 

- Yil boshida davlatimiz rahbari tomorqachilikni rivojlantirishga qaratilgan yangi farmonni imzoladi va sohada tub o‘zgarishlar bo‘lishi kutilayotgan edi. Mana yoz ham yetib keldi, sohada nima o‘zgardi? 

- Prezidentimizning 14 fevral kungi PF-22 son farmoni qabul qilingunicha tomorqa yer egalari bilan Fermerlar Kengashi shug‘ullangan edi, uni faoliyatini muvofiqlashtirib, ekinlarni joylashtirish bo‘yicha ko‘mak ko‘rsatib kelgan. Tomorqa yer egalari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga o‘tkazilganidan so‘ng birinchi navbatda tomorqa yer egalari va respublikamiz bo‘yicha dehqon xo‘jaliklari uchun ajratilgan, ijaraga berilgan yerlarning tahlilini o‘tkazdik. Qayerga qancha va qaysi mahsulotlarni ekamiz? - degan savolga hududlarning imkoniyatlaridan va eksportga yo‘naltirish nuqtai nazaridan kelib chiqib, ekin turlari joylashtirildi. (davomi videoda)

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/UuKYI8uksUM?si=Y0aAbQ4AdVcWb-eq" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov,

Abror Sodiqov,

Anvar Ahmedov, O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tomorqachilikdagi o‘zgarishlar samara berdimi? (+video)