O‘zbekistonda energetika sohasida samaradorlikni oshirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va bozor mexanizmlariga o‘tishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, 2017 yildan 2024 yilgacha bo‘lgan davrda elektr energiya sohasining normativ-huquqiy bazasini mustahkamlashga qaratilgan keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi. Misol uchun, 8 ta qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 90 dan ortiq hujjatlari qabul qilindi.  

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2016-2024 yillarda mamlakatda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 38 foizga oshdi. 2016 yildagi 59 milliard kVt/soatdan 2024 yilda 81,5 milliard kVt/soatga yetdi.  

Shu bilan birga, aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 18 foizga oshib, 2200 kVt/soatga yetdi. Oxirgi yetti yilda o‘tgan 25 yildagi energiya hajmidan 3 barobar ko‘p –11 ming MVt yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi.  

Iqtisodiyotning jadal sur’atlarda o‘sib borayotganiga qaramay, mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulot yoki xizmat uchun kamroq energiya sarflashga erishildi. Xususan, 2017 yildan 2024 yilgacha mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 55 foizga oshgan bo‘lsa, ushbu davrda bir birlik ishlab chiqarish uchun energiya sarfi 7,4 foizga kamaydi. Boshqacha aytganda, iqtisodiyot kamroq energiya xarajatlari bilan ishlay boshladi – sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi resurslardan yanada oqilona foydalanishga o‘tdi.  

Bunday dinamika iqtisodiyotning yanada samarali ishlayotganini ko‘rsatmoqda, ya’ni har bir qo‘shilgan qiymat uchun kamroq energiya sarflab, ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishga erishilib, bir million so‘m YAIM uchun elektr energiya sarfi 56,8 kVt/soatga tushdi.  

Shuningdek, 54,8 ming kilometrdan ortiq elektr uzatish tarmoqlari va 17,2 mingta transformator stansiyalari modernizatsiya qilindi. Natijada, mamlakatimiz bo‘yicha 8 mingdan ortiq mahallaning elektr ta’minoti yaxshilandi. Taqqoslash uchun, 1991 yildan 2016 yilgacha atigi 9,3 ming km elektr uzatish tarmoqlari va 4,8 mingta transformator yangilangan.  

Qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2024 yil yakuniga qadar O‘zbekistonning 10 ta viloyatida umumiy quvvati 4,1 ming MVt bo‘lgan 14 ta quyosh va 3 ta shamol elektr stansiyasi ishga tushirildi. 2024 yilda ishlab chiqarilgan “yashil” elektr energiyasi hajmi 4,9 milliard kVt/soatni tashkil etdi.  

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda so‘nggi 8 yilda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 38 foizga oshdi