Mamlakatimizning Qohiradagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekistonga Misrdan gepatit “S” ga qarshi dori vositalarining joriy yildagi ilk partiyasi keltirildi.

Ushbu insonparvarlik loyihasi Prezidentimizning 2030 yilga qadar  respublikada gepatit “S” kasalligini bartaraf etishga qaratilgan tashabbusi doirasida amalga oshirildi. 

O‘zbekiston diplomatik  vakolatxonasi va Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi  o‘rtasida erishilgan kelishuvlarga ko‘ra, insonparvarlik yordami doirasida  mamlakatimizga umumiy qiymati 114 829 AQSH dollariga teng 7440 dona «Sofosbuvir-400mg» preparati (31 quti)  beg‘araz topshirildi. Dori vositalari kuni kecha “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Sharm-ash-Shayx — Toshkent yo‘nalishidagi  reysi orqali yurtimizga keltirildi.

Ushbu dori vositalari gepatit “S” kasalligiga qarshi milliy dastur doirasida davolanayotgan bemorlar o‘rtasida taqsimlanishi uchun O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish institutiga taqdim etiladi. 

O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi xabariga ko‘ra, 2023–2024 yillarda  ushbu davlat tomonidan mamlakatimizga umumiy qiymati 1,4 million AQSH dollariga teng umumiy vazni 12,4 tonna bo‘lgan  «Daclatasvir» va  «Sofosbuvir» dori vositalarining 27 ta partiyasi olib kelingan.   

Aziza Alimova tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonga Misrdan gepatitga qarshi dori vositalarining navbatdagi partiyasi keltirildi