Namanganda sport kurashlari bo‘yicha o‘tkazilgan “O‘zbek botirlari” Gran-pri xalqaro musobaqasi doirasida erkin kurash bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

57 kg. vazn toifasida o‘tgan final bahsida Asadbek Saidto‘rayev barcha raqiblarini yengib, oltin medalga ega chiqqan bo‘lsa, Firdavs Yarashev kumush, Qarshi Usmonov va Quatbek Jaksilikov (Qirg‘iziston) bronza medalini qo‘lga kiritdi. 65 kg. vazn toifasida Umidjon Jalolov so‘nggi hal qiluvchi final bahsida Nurmuhammad Haydarovni taslim etib, musobaqa g‘olibiga aylandi. Ushbu vaznda Rustam Qahharov (Qirg‘iziston) va Muhammadqodir Qo‘ldoshev kuchli uchlikdan joy oldi.

Shuningdek, Begijon Qo‘ldoshev, Arsenali Joyev (Ozarbayjon), Magomedxan Magomedov (Ozarbayjon) va Hasanboy Rahimov o‘z vazn toifalarida “O‘zbek botirlari” Gran-prisining oltin medallarini qo‘lga kiritdi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan mukofot pullari, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erkin kurashchilarimiz xalqaro turnir g‘olibiga aylandi