Qozog‘istonda “Astana Half Marathon” xalqaro marafonida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari yarim marafon va 10 km. masofaga yugurish bahslarida ishtirok etdi.
Musobaqaning yarim marafon bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi bahslarida hamyurtimiz Nodirbek Mutalipov marraga 1 soat, 6 daqiqa, 19 soniyada kirib keldi va ikkinchi o‘rinni egalladi. Yana bir vakilimiz Bekzod Baymatov marra chizig‘ini uchinchi bo‘lib bosib o‘tdi. Ushbu yo‘nalishda ukrainalik Vitaliy Shafar g‘olib bo‘ldi. Ayollar orasidagi yarim marafonda Yekaterina Tunguskova terma jamoamiz hisobiga kumush medal keltirdi.
10 kilometr masofada erkaklar o‘rtasidagi yugurishda Dilmurod Xo‘jamov bronza medaliga ega chiqdi. Afsuski, bu masofaning ayollar orasidagi bellashuvlarida Mohinabonu Komilova to‘rtinchi o‘rindan joy oldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA