Avval xabar berganimizdek, 5 iyun kuni futbol bo‘yicha Osiyo qit’asida Jahon chempionati 3-saralash bosqichining uchta guruhida 9-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Unda BAA – O‘zbekiston, Qatar – Eron, KXDR – Qirg‘iziston, Kuvayt – Falastin, O‘mon – Iordaniya, Iroq – Janubiy Koreya, Avstraliya – Yaponiya, Bahrayn – Saudiya Arabistoni, Indoneziya – Xitoy terma jamoalari o‘zaro raqobatlashadi.

Mazkur tur O‘zbekiston terma jamoasi kabi bir qator boshqa termalar uchun muddatidan avval Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish imkonini beradi.

Shu o‘rinda 8-tur yakunlariga ko‘ra, ayni damda “A”, “B” va “S” guruhlaridagi vaziyat haqida to‘xtalib o‘tishni lozim ko‘rdik.

Demak, “A” guruhida Eron 20 ochko jamg‘arib, birinchi o‘rinda bormoqda va ushbu terma jamoa muddatidan avval Jahon chempionatiga yo‘l olgan. Guruhdagi qolgan ikki tur uchrashuvlarini shunchaki rasmiyatchilik uchun o‘tkazadi. O‘zbekiston termasi esa 17 ochko jamg‘arib, ikkinchi pog‘onada turibdi. BAA esa 13 ochko bilan uchinchi o‘ringa joylashgan bo‘lsa, Qatar termasi 10 ochko bilan, Qirg‘iziston esa 6 ochko bilan 4-5-o‘rinlarda qolmoqda. KXDR hamon 2 ochko bilan so‘nggi pog‘onada bormoqda.

Shu o‘rinda mazkur guruhdagi vaziyatga e’tibor qaratamiz. O‘zbekiston milliy terma jamoasi 9-turda BAA bilan safarda o‘yin o‘tkazadi. 5 iyun kuni o‘tishi rejalashtirilgan o‘yinda har qanday hisobdagi g‘alaba yoki durang futbolchilarimizni Jahon chempionatiga olib chiqadi.  

Agar mag‘lub bo‘lsak, BAA termasi oradagi farqni 3 taga qisqartiradi. Buning natijasida har ikki terma jamoa uchun mundialga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish yo‘llanmasi so‘nggi turda hal bo‘ladi. Aniqrog‘i, 10 iyun kuni Qatarga qarshi Toshkentda o‘tadigan o‘yinda futbolchilarimiz albatta g‘alaba qozonishi lozim bo‘ladi. BAA esa o‘sha kuni safarda Qirg‘iziston bilan raqobatlashadi.

Ishonamizki, BAA termasiga qarshi o‘tadigan o‘yin ijobiy hal etiladi va futbolimiz tarixida yana bir quvonchli natija zarhal harflar bilan yoziladi.

“B” guruhida Janubiy Koreya termasi 16 ochko jamg‘arib, guruhda yetakchilik qilmoqda. Iordaniya 13 ochko bilan ikkinchi, Iroq esa 12 ochko to‘plagan holda kuchli uchlikni yakunlab bermoqda. O‘mon termasi 10 ochkoga ega bo‘lgan holda hamon Jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyatini saqlab qolgan bo‘lsa, Falastin 6 ochko bilan pley-off yo‘llanmasi uchun kurashmoqda. O‘tgan 8 turda bor-yo‘g‘i 5 ochkoga ega bo‘lgan Kuvayt autsayder bo‘lib turibdi.  

Bu guruhning 9-turida Janubiy Koreya va Iordaniya safardagi o‘yinda g‘alaba qozona olsa, Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Saralashning “S” guruhida 9-tur oldidan Yaponiya yigirma ochkoni qo‘lga kiritdi va saralash bahslari yakuniga qadar birinchi o‘rinni mustahkamlab oldi. 13 ochko bilan ikkinchi o‘rinda borayotgan Avstraliya termasini Saudiya Arabistoni 10 ochko bilan ta’qib qilmoqda. Ular ortidan Indoneziya 9 ochko bilan odimlayotgan bo‘lsa, Bahrayn va Xitoy 6 ochko bilan 5-6 o‘rinlardan joy olgan. Katta ehtimol bilan ushbu guruhning ikkinchi pog‘onasi uchun kurash 10-tur yakuniga qadar davom etadi. Hozirgi vaziyatga ko‘ra, hattoki Indoneziyada ham ushbu o‘rinni egallash imkoniyati saqlanib turibdi.  

2026 yilgi Jahon chempionati AQSH, Meksika va Kanada yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Hozirda ushbu mundialda ishtirok etadigan yettita jamoa nomi aniqlandi. Jumladan, AQSH, Kanada, Meksika mezbon sifatida ishtirok etishi barchaga ma’lum bo‘lgan. Saralash bahslaridan esa Yaponiya, Yangi Zelandiya, Eron va Argentina dunyo birinchiligiga muddatidan avval yo‘l oldi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“JCH-2026”: Osiyo saralash guruhlarida vaziyat qanday?