Tailandning Bangkok shahri mezbonligida o‘tgan erkaklar va ayollar toifasidagi boks bo‘yicha "Thailand Open" xalqaro turnirida O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 4 kumush va 7 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Musobaqa davomida barcha raqiblarini yenggan Shodiyorjon Meliqo‘ziyev, Faryozbek Do‘smatov, Nusratbek Tohirov, Farzona Fozilova hamda Aziza Zokirova oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Muhammadazizbek Ismoilov, Javohir Abdurahimov, Sabina Boboqulova hamda Feruza Kazakova finalga qadar muvaffaqiyatli jang o‘tkazib, kumush medal bilan taqdirlandi.

Nufuzli turnirda Madiyar Daniyarov, Samandar Jalolov, Elyorbek Jo‘raboyev, Abdurahmon Rustamov, Nigina O‘ktamova, Navbahor Hamidova va Oysha Toirova kabi charm qo‘lqop ustalarimiz bronza medaliga ega chiqdi.

Darvoqe, musobaqada jami 16 ta medal jamg‘argan O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi pog‘onadan joy oldi. Shuningdek, erkaklar terma jamoamiz "Thailand Open" turnirini 3 ta oltin, 2 kumush va 4 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakunladi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bokschilarimiz uchun “Thailand Open” turniri muvaffaqiyatli yakunlandi