Jadidchilik harakatining yirik namoyandalaridan biri, davlat va siyosat arbobi, o‘zbek matbuotining ilk tashkilotchilaridan biri Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘ja o‘g‘li (Ubaydulla Xo‘jayev) 1878 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan.
Rus-tuzem maktabini tamomlagach, davlat muassasalarida tarjimonlik bilan shug‘ullangan. Keyinchalik Saratov universitetining huquqshunoslik fakultetini muvaffaqiyat bilan tamomlagan. Ubaydulla Xo‘jayev dastlabki o‘zbek advokatlaridan biri edi. O‘qishni tugatgach, u Toshkent okrug sudida advokat bo‘lib xizmat qiladi. O‘z atrofiga yoshlarni to‘plab, «Umid» yashirin jamiyatini tuzdi. Keyinchalik bu tashkilot «Taraqqiyparvar» deb nomlanib, jadidlarning asosiy tashkilotlaridan biriga aylandi.
Talabalik yillaridayoq davr muammolarini yechishni o‘yladi, rus yozuvchisi L. N. Tolstoy bilan yozishmalar qildi (1909). O‘qishni tugatgach, dastlab Saratov, 1913 yilda Toshkent okrug sudida xususiy advokat bo‘lib ishladi. Chor hukumati ma’murlarining poraxo‘rligi va zolimligini fosh etib, ayrimlarini davlat ishidan chetlatishga erishdi. Jadidchilik harakatiga qo‘shilib, tez orada uning yirik vakillaridan biriga aylandi.
"Jadidlar — millat qahramonlari" loyihasining bu galgi soni jamoat arbobi, jadidchilik harakatining yirik vakili, birinchi o‘zbek advokati, o‘zbek matbuotining ilk tashkilotchilaridan biri Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘ja o‘g‘liga bag‘ishlanadi.
<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/-CG5lM5RjDE" title="Ubaydullaxo`ja Asadullaxo`ja — birinchi o`zbek advokati" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA