Italiya parlamenti Deputatlar palatasida so‘zga chiqqan mamlakat Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani hukumatning G‘azodagi vaziyat bo‘yicha rasmiy pozitsiyasini taqdim etdi. Bu haqda "Anadolu" xabar berdi.

Murojaati boshida mulozim noiblarni  halok bo‘lgan falastinlik va isroillik begunoh aholi vakillari xotirasiga bir daqiqa sukut saqlashga chaqirdi.

– G‘azo sektoridan har kuni dahshatli tasvirlar tarqaladi, – deya ta’kidladi TIV rahbari. – Ushbu xalq ancha vaqtdan beri juda qimmat tovon to‘lab kelmoqda. Rim Papasi Leo XIV ta’kidlaganidek, bu yuk asosan bolalar, qariyalar, kasallar yelkasiga tushyapti. Begunoh qurbonlar berilishi qadriyatlarimizga putur yetkazadi, vijdonimizni qiynaydi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Isroilning teraktga javobi misli ko‘rilmagan darajadagi amaliyotga aylanib ketdi.

– Portlash to‘xtatilishi, insonparvarlik yordami yo‘laklari zudlik bilan ochilishi, xalqaro gumanitar huquqqa hurmat tiklanishi kerak, – deya ta’kidladi diplomat. – Tinchlikka olib boradigan yagona yo‘l ikki davlatning xavfsizlikda, bir-birini tan olib birga yashashiga olib keladigan siyosiy jarayondir. Bir narsa aniq: falastinliklarning G‘azodan ko‘chirilishini qabul qilib bo‘lmaydi, hech qachon bunday bo‘lmaydi. Biz Misr yetakchiligida G‘azoni qayta qurish bo‘yicha arablar rejasini qat’iy qo‘llab-quvvatlaymiz.

Tayani Italiya BMT shafeligida va arab davlatlari ishtirokida ehtimoliy tinchlikparvar missiyada ishtirok etishga tayyorligini tasdiqladi:

– Arab davlatlari mintaqada yangi siyosiy va xavfsizlik siyosatini olib borish jarayonida muhim o‘rin egallashiga aminmiz. Mamlakatimiz mojaro boshlangandan beri sektorga faol ravishda insonparvarlik yordami yetkazib kelmoqda. Davolanishga muhtoj 700 nafar falastinlik oilasi bilan bilan birga Italiyaga ko‘chirildi. O‘tgan yil mart oyidan buyon G‘azoga jami 110 tonnadan ko‘p oziq-ovqat jo‘natdik.

M.Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Antonio Tayani: Falastinliklarni G‘azodan chiqarib yuborish noto‘g‘ri