1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Oliy Majlis Senatida o‘z xizmat vazifasini ado etish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning farzandlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda senatorlar, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, “SOS – O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi tarbiyalanuvchilari, Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ham ishtirok etdi.

Senat Raisi T.Norboyeva mamlakatimizda bola huquqlari kafolatlarini ta’minlash, bolalarni himoya qilish uchun barcha zarur sharoitlar yaratish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanishini qayd etdi. 

Milliy qonunchiligimizda bola huquqlari bilan bog‘liq bo‘lgan qonun hujjatlari soni 40 dan, qonunosti hujjatlari soni 500 dan ortiq. Jumladan, “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilingan.

Islohotlar natijasida 23 Mehribonlik muassasasi va Bolalar uyi faoliyati tugatildi. Mazkur yo‘nalishda bolaning oila muhitida tarbiyalanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy himoya tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Tadbirda Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirligining o‘z xizmat burchini ado etish chog‘ida hayotini bag‘ishlagan harbiylarining farzandlari bilan samimiy muloqot o‘tkazildi. Har bir bola  davlat himoyasida, uning ta’lim olishi, sog‘lig‘i, hayoti sifati hamisha e’tiborda ekani ta’kidlandi.

Bu orqali eng muqaddas qadriyatlardan biri – Vatanga sadoqat yo‘lida jonini qurbon qilgan fidoyilarning xotirasini e’zozlash va ularning avlodlariga mehr ko‘rsatish an’anasi yana bir bor o‘z isbotini topdi.

Tadbir davomida Senat Raisi bolalar bilan samimiy suhbatlashdi. Bolalarga murojaat qilib, “Sizlar yurtimizning ertangi kuni, kelajagimizning egalarisiz. Bilim olishdan to‘xtamang, yangiliklarni o‘rganing, o‘z ustingizda ishlang. Orzu qilishdan qo‘rqmang va unga erishish yo‘lida olg‘a intiling, shunda, albatta, maqsadingizga yetasiz”, deya ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir yakunida bolajonlarimiz  bayram dasturxoniga taklif etildi hamda ularga  esdalik sovg‘alari topshirildi.

                                                     N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senatda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi