Bola – bu o‘zgacha bir olam, hayot mazmunining ajralmas qismidir. Bolalar o‘z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadilar. Ko‘zlarida ezgulik va mehr qalqib turgan bolajon musaffo osmonda erkin parvoz etayotgan qaldirg‘och misoli.
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi.
Kelajak tarix bilan bunyod etiladi deyilganidek, ushbu kuning ham o‘z tarixi bor. Bu kunni aynan 1 iyun sanasida nishonlash taklifi 1925 yil Jenevada ilgari surilgan, 1950 yildan esa 1 iyun – Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida butun dunyoda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlanib kelinadi.
Yozning birinchi kuni dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida kelajagimiz egalarining bayrami sifatida nishonlanadi. Kelajagimiz egalariga bugungi bayram muborak bo‘lsin, deb qolamiz.
<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/CfOSBwZtUQM" title="Bolalarga bering dunyoni" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA