Vatanimiz tarixidagi 1 iyun sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1806 yil (bundan 219 yil oldin)– tarixchi olim Qahramon Rajabovning qayd etishicha, “Xoni shahid” (“Shahid xon”) nomi bilan tarixga kirgan mang‘itlar sulolasining yettinchi hukmdori Amir Nasrulloh Bahodurxon tavallud topdi. U Buxoro shahrida Amir Haydarning xonadonida ikkinchi o‘g‘il sifatida dunyoga keldi. Bu haqda mashhur alloma Ahmad Donish o‘zining “Ta’rixi saltanati mang‘itiya” asarida yozib o‘tgan. 

Amir Nasrulloh o‘z hukmronligi davrida islom shariati ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilgan. Nasrulloh jasur va dovyurak kishi bo‘lganligi bois unga “bahodir”, “botir” unvonlari berilgan. U davlat hokimiyatini mustahkamlash maqsadida urug‘ va qavm boshliqlari bo‘lgan ko‘plab amaldorlarni quyi tabaqalardan chiqqan yosh va g‘ayratli kishilar bilan almashtirgan. Nasrulloh harbiy sohada ham islohotlar o‘tkazib, o‘z qo‘shinining jangovar holatini yaxshiladi. U Xiva va Qo‘qon xonliklarini Buxoro atrofida birlashtirishga urindi. 

1892 yil(bundan 133 yil oldin) – Turkiston general-gubernatorligining Jizzax uyezdida vabo kasali paydo bo‘ldi. Shu munosabat bilan viloyat harbiy gubernatorining farmoni asosida Sirdaryoning chap qirg‘og‘idagi Chinozda, ya’ni Toshkentdan 65–70 kilometr uzoqlikdagi joyda tibbiyot punkti ochildi. Bu yerda vaboga chalingan bir necha kishilar kasalxonaga yotqizila boshlandi. Tarixchi olim Hamid Ziyoyevning qayd etishicha, bu vaqtda Turkiston o‘lkasidagi nihoyatda og‘ir hayot, Rossiya imperiyasi hukumatining obodonchilik va sog‘liqni saqlashga e’tibor bermasligi orqasida turli kasalliklar kuchayib boraverdi. Ayniqsa, vabo kasalining paydo bo‘lishi fojiali bo‘ldi. 

1918 yil (bundan 107 yil oldin) – Toshkentdagi Musulmon Xalq dorilfununi (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning oliy ta’lim bosqichi – Musulmon Dorilmuallimida o‘quv jarayoni boshlandi. Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Ibrohim Ismoil, Burhon Habib, Abdulla Rahimboyev, Abdurahmon Ismoilzoda, Haydar Shavqiy, Anna Poroykova, Vladimir Sergeyevlar ushbu ilm dargohi o‘qituvchilari edi. 

1921 yil (bundan 104 yil oldin) – Buxoro Respublikasi Yer ishlari nozirligining qaroriga ko‘ra Buxoroda davlat yilqichilik fermasi tashkil qilindi. Bu muassasa sobiq amir va xususiy shaxslarning otlarini sotib olish orqali tashkil etildi. Tarixchi Asror Pardayevning qayd etishicha, sotib olingan otlarga bozor narxida qat’iy qiymat belgilanib, ularning egalariga naqd pul va 25% mahsulot berildi.

1923 yil (bundan 102 yil oldin) – O‘rta Osiyo Iqtisodiy kengashining shu kungi majlisida Buxoro va Xorazm respublikalari pulini sovet puliga almashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Tarixchi Izzatilla Haydarovning qayd etishicha, mazkur qarorga ko‘ra, pul kursi Xorazmning 10 so‘m qog‘oz puli sovetlarning 1 chervoniga, Buxoroning 3,5 so‘m puli 1 chervonga almashtiriladigan bo‘ldi.

1929 yil(bundan 96 yil oldin) – professional teatr sohasiga kirib kelgan ilk o‘zbek raqqosasi, hali 17 yoshga ham to‘lmagan Nurxon Yo‘ldoshxo‘jayeva fojiali tarzda xalok bo‘ldi (ayrim adabiyotlarda mazkur voqeaning 1 iyulda sodir bo‘lgani ko‘rsatiladi). Bu mudhish voqea haqida Nurxonning singlisi Begimxon aya quyidagicha hikoya qilib bergan: “O‘gay akam Soli onamizning kundoshining o‘g‘li edi. Ota bir, ona boshqa Soli nodonligidan qonli jinoyatga qo‘l urdi, o‘z singlisini o‘ldirdi… Soli ammamning uyiga kirib, mast holda Nurxonga pichoq urgan... Nurxon fojiasi butun Farg‘ona vodiysiga tarqalib, ovoza bo‘lib ketgandi”.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, 1928 yildan Muhiddin Qoriyoqubov rahbarligidagi konsert-etnografik ansamblida raqqosa bo‘lib ishlagan Nurxon 1913 yilda Marg‘ilonda tavallud topgan. Afsuski, uning professional faoliyati uzoqqa cho‘zilmadi. Ansamblning Marg‘ilonga qilgan gastroli vaqtida yuz bergan bu fojiaga bag‘ishlab Komil Yashin asari, To‘xtasin Jalilov musiqasi asosida “Nurxon” musiqali dramasi yaratilgan. 1968 yilda Marg‘ilon shahri madaniyat uyi oldida haykaltarosh V.Klebansov tomonidan Nurxonga bag‘ishlab yaratilgan haykal o‘rnatilgan.

1998 yil (bundan 27 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “NATO huzurida O‘zbekiston Respublikasi missiyasini ochish haqida”gi qarori qabul qilindi. 

1999 yil (bundan 26 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi boksni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

2010 yil (bundan 15 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi sud ekspertizasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

2017 yil (bundan 8 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

 2021 yil (bundan 4 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “«Xalqlar do‘stligi» ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

2022 yil (bundan 3 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “«IT-Park University» raqamli universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

2023 yil (bundan 2 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida madaniy meros sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jasur va dovyurak kishi bo‘lganligi bois “bahodir”, “botir” unvonlarini olgan Buxoro amirini bilasizmi?