Badiiy barkamol qo‘shiqlar doim inson qalbining mulki sanaladi. Atoqli kompozitor Dilorom Omonullayeva xalqimiz uchun ana shunday badiiy barkamol qo‘shiqlar yaratgan ijodkor edi.

Dilorom Omonullayeva 1959 yil 1 oktyabrda Toshkent shahrida, musiqachilar oilasida tug‘ildi. U V.Uspenskiy nomidagi maxsus musiqa maktabida fortepianodan A.Litvinov sinfida tahsil oldi.  

12 yoshida esa professor Boris Zeydman sinfida kompozitsiyadan qo‘shimcha saboq oldi. 1978-1984 yillarda Toshkent davlat konservatoriyasining kompozitorlik fakultetida professor Boris Zeydman va Rumil Vildanov sinflarida o‘qidi. 1986—1990-yillarda professor To‘lqin Qurbonov sinfida asisstenturada kasb mahoratini oshirdi. 1989 yilda O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasiga a’zolikka qabul qilindi.

Dilorom Omonullayeva 1984 – 1986 yillarda Guliston san’at bilim yurtida musiqa fanlaridan dars bera boshladi. Ijodkor  1993-2002 yillarda V.A.Uspenskiy nomidagi maxsus musiqa maktabida o‘qituvchi, kompozitorlik bo‘limi boshlig‘i, 2002-2022 yillarda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “Estrada xonandaligi” kafedrasi mudiri, dotsent, professor vazifalarida faoliyat olib bordi.  

2022 yildan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi qoshidagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti «Estrada xonandaligi» kafedrasi mudiri, professor lavozimlarida ishladi. Pedagogik faoliyati davomida yuzlab shogirdlar yetishtirdi.

Dilorom Omonullayeva ko‘p yillar davomida O‘zbekiston madaniyati va san’ati rivojiga sidqidildan xizmat qildi.  

Ustoz bastakor musiqaning turli janrlarida sermahsul ijod qilib 300 dan ortiq musiqiy asarlar yaratdi. Kompozitorning “Amir Temur”, “Buyuk ipak yo‘li” baletlari, alt va simfonik orkestr uchun Konsert, 3 ta Simfoniyasi, fortepiano va orkestr uchun Konsert, kamer cholg‘u musiqasi, fortepiano uchun “Amir Temur tushlari” fantaziyasi, “Samarqand manzaralari” fortepiano turkumi, vokal asarlari, “Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivali madhiyasi, “Prezident huzuridagi davlat boshqaruvi Akademiyasi madhiyasi”, “Toshkent madhiyasi” kabi musiqalari istiqlol, Vatan, tinch-totuv hayotni tarannum etadi. Bu asarlar tinglovchilarga, ayniqsa, yoshlarga zavq bag‘ishlaydi, ularga ma’naviy ozuqa beradi.

Kompozitorning asarlari nainki respublikamizda, balki Rossiya, Turkiya, MDH va ko‘plab chet davlatlarda ham ijro etilib, keng tanilgan.

Dilorom Omonullayevaning “Siz yoqqansiz menga hamisha”, “Yomg‘ir yog‘di”,  “Saraton”, “Sen qaydasan”, “Ikki daraxt”, “Azizim”, “Yig‘lama”, “Yolg‘on dunyo” kabi 250 dan ortiq zamonaviy va professional estrada qo‘shiqlari O‘zbekiston xalq artistlari Nasiba Abdullayeva, Mansur Toshmatov, Gulsanam Mamazoitova, G‘ulomjon Yoqubov, Sevara Nazarxon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Kumush Razzoqova, Yulduz Turdiyeva, Dilnoza Ismiyaminova, Lola Ahmedova, Zoya Soy, “Nihol” mukofoti sovrindorlari Oksana Nechitaylo (Sogdiana), Diana Ziyatdinova, Farangiz Shamsiyeva, Asal Shodiyeva kabi taniqli va yosh estrada xonandalari ijrosida xalqimiz orasida mushhur bo‘lib, yoshlarimizni didli,  yuqori madaniyatli, barkamol inson bo‘lishiga katta xizmat qilmoqda.  

D.Omonullayeva 1996 yilda «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni, 1998 yilda “Do‘stlik” ordeni, 2006 yilda «O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi» faxriy unvoni, 2022 yilda “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni, 2022 yilda I darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Dilorom Omonullayevaning ijodiy merosi xalqimiz qalbidan chuqur o‘rin olgan. Uning yorqin xotirasi qalblarimizda abadiy qoladi.

Nazokat Usmonova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Go‘zal qo‘shiqlar muallifi edi