“Yashil makon” umummilliy loyihasi tashabbusi mamlakatimizda iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, aholi salomatligini muhofaza qilish, tabiiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Ekilgan daraxtlar hududlarning tuproq sifatini yaxshilab, cho‘llanishning oldini olish va hatto bu jarayonni ortga qaytarishga ham yordam berishi mumkin.

Joriy yilning bahor mavsumida Jizzax viloyatida reja bo‘yicha 9 million 842 ming 500 tup manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan edi. Amalda esa  10 million 280 ming tup ko‘chat ekilib, reja 104,4 foizga uddalandi. Jumladan, avtomobil va temir yo‘l yoqalariga, bahorgi ekish mavsumida jami 428 ming 100 tup daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

– Ekilgan har tup ko‘chatning tomir olishi uchun, ayniqsa, qurg‘oqchil hudud hisoblangan Jizzax vohasida ularning suv bilan ta’minlanishi muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi viloyat ekologiya, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Qobil Mingboyev. – Bugungi kunda, viloyat bo‘yicha sug‘orish tizimi mavjud bo‘lgan joylarga ekilgan 10 million 200 ming tupdan ortiq daraxt ko‘chatlari  “Yashil makon” elektron platformasiga kiritilgan. Har qanday o‘simlik va yoki dov-daraxt o‘z vaqtida sug‘orilgan taqdirdagina ulardagi fotosintez jarayonlarining me’yorida bo‘lishi hamda ildiz tizimiga suv yetish jarayonlarining yaxshi kechishiga olib keladi. Bu esa ko‘chatlarning baravj o‘sishini ta’minlaydi.

Shuningdek, sug‘orish tuproqdagi mikrobiologik jarayonlarning tezlashuviga, solingan o‘g‘itlar ko‘chatlarning tez va to‘liq quvvatlanishi va oziq moddalarning to‘planishiga, daraxtlarning erta tomir olib, tezroq o‘sishiga yordam beradi. Bu jarayonlar amalga oshirilishi shart bo‘lgan agrotexgnik tadbirlarning asosiy va eng muhim qismlaridir.

Prezidentimizning joriy yilning 30 yanvaridagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra: mahallalarning ekologik qiyofalarini yaxshilash, ko‘cha va yo‘l bo‘ylarni ko‘kalamzorlashtirish darajasini oshirish kabi bir qator dolzarb vazifalar belgilab berilgan bo‘lib, ularning ijrosini ta’minlash maqsadida “Jizzaxyo‘lko‘kalam” davlat muassasasi (DM) tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish va parvarish qilish bo‘yicha ko‘zga ko‘rinarli ishlar amalga oshirilayotgani tahsinga loyiq.

Muassasa tomonidan 2025 yil bahor mavsumida jami 140 ming tup manzarili daraxt va terak ko‘chatlari ekildi. Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tuvchi halqaro ahamiyatdagi M-39 yo‘lining 980 – 987-kilometrlari oralig‘iga bahorgi ekish mavsumida 95 ming tup sanoat va qurilish bop terak hamda 12 ming tup manzarali, Paxtakor  tumani hududidan o‘tuvchi davlat ahamiyatidagi 4R-38 avtomobil yo‘lining 4 – 7-kilometrlari oralig‘iga esa 15 ming tup terak va 2 ming tup manzarali daraxt ko‘chatlari barcha agrotexnika qoidalariga rioya qilingan holda ekilganligini shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joiz.

– Bugungi kunda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2024 yilning kuz va 2025 yilning bahor mavsumlarida ekilgan manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini parvarish qilish, sug‘orish, ko‘chatlar orasiga ishlov berish, begona o‘tlardan tozalash, zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashish ishlari izchillik bilan olib borilmoqda, – deydi “Jizzaxyo‘lko‘kalam” DM rahbari Shahboz Kamolov. – Ko‘chatlarni  parvarishlash jarayoniga 100 nafarga yaqin ishchi xodim, 5 dona suv qo‘yish texnika vositasi, 2 dona traktor, 1 dona yuk avtomobili, 7 dona motopompa, 19 dona o‘t o‘rish aparati jalb etilgan.  Joriy yilning bahor mavsumida ko‘chatlarni sug‘orish tizimi mavjud bo‘lgan suvli maydonlarga ekilganini ham shu o‘rinda, alohida qayd etgan bo‘lardim. Tajriba tariqasida Forish va Yangiobod tumanida sug‘orish imkoni bo‘lmagan yo‘l bo‘ylariga yengil konstruksiyali tomchilab sug‘orish tizimi tashkil etilib, o‘rnatib chiqdik. Buning natijasida, shu hududlar yo‘l buylariga ekilgan 5600 tup qayrog‘och va tut ko‘chatlarini sug‘orish imkoni to‘liq yaratildi va quvonarlisi, ekkan ko‘chatlarimiz deyarli bari  tomir oldi.

Darhaqiqat, “Yashil makon” umummilliy loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan e’tibor, viloyatda bugungi kunga kelib o‘zining ijobiy samaralarini bermoqda.  

Vohaning cho‘l hududlari: Paxtakor, Do‘stlik, Mirzacho‘l, Zafarobod, Arnasoy tumanlari va ma’lum hududlari dasht bo‘lgan Forish, Zarbdor va Sharof Rashidov tumanlari yo‘nalishlaridagi yo‘l yoqalariga ekilgan yosh ko‘chatlar kun sayin o‘sib, daraxtlarga aylanmoqda. Jizzax shahri, Baxmal va Zomin tumanlarida joylashgan  yo‘l yoqalaridagi ko‘kalamzorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga loyiq va ular alohida mavzuni tashkil etadi.

Ana shu avtomobil va temir yo‘llar yoqalariga ekilgan ko‘chatlar hududlardagi atmosfera havosining toza bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.  

Muxtasar qilib aytganda, vohaning barcha hududlarida davlatimiz rahbarining , nomi yuqorida zikr etilgan 2025 yil 30 yanvardagi PF – 16-sonli farmoni hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan bu sa’y harakatlar o‘zining ijobiy samarasini berib, Jizzax viloyati yaqin yillar ichida ulkan yashil makonga aylanadi degan umiddamiz.

A.Qayumov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekkan ko‘chatlaringizni sug‘orishni unutmadingizmi?