Meksikaning Gvadalaxara shahrida o‘tkazilgan professional boks turnirida hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev va mezbonlar vakili Luis Kastilo o‘zaro raqobatlashdi.

Ushbu jangda metin himoya va kuchli zarbaga ega bo‘lgan o‘zbek o‘g‘loni raqibidan har tomonlama ustun ekanini ko‘rsatdi.  

Natijada 10 raund etib belgilangan jangning 8-raundida ketma-ket aniq va tezkor zarbalar yo‘llagan Murodjonga raqibi qarshilik ko‘rsata olmadi. Ushbu vaziyatni ko‘rib turgan hakam bahsni to‘xtatdi va Luis Kastiloni texnik nokautga uchraganini qayd etdi.

Shu tariqa, Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi janglari soni 15 taga yetdi va ulardagi g‘alabalar soni esa 14 tani tashkil qilmoqda.  

Endi Murodjon Ahmadaliyev shu yilning 14 sentyabr kuni Yaponiyaning Tokio shahrida ikkinchi eng yengil vaznda mutlaq jahon chempioni yaponiyalik Naoya Inoue bilan jang o‘tkazadi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Murodjon Ahmadaliyev raqibini texnik nokautga uchratdi