Isroil bilan XAMAS o‘rtasida urush boshlanganiga 600 kun bo‘ldi. Bu mojaro  G‘azo sektori tarixiga eng uzoq davom etgan, o‘ta vayronkor va ko‘p qon tukilgan urush sifatida muhrlanadi.

2023 yil 7 oktyabrda XAMAS askarlari Isroil janubiga keng ko‘lamli hujum qilishi natijasida 1400 kishi halok bo‘ldi, 250 dan ziyod aholi, isroillik askarlar asirga olindi. Ularning ko‘pchiligi hamon garovda ushlab turilibdi.

XAMAS bayonot berishicha, amaliyot yahudiy askarlar Sharqiy Quddusda Al-Aqso masjidiga bostirib kirishi, Isroil qishloqlarida falastinliklarga qarshi zo‘ravonlik kuchayishiga qarshi choradir. Bunga javoban Isroil ham keng ko‘lamli harbiy yurish boshladi. Dastlab G‘azo sektoriga havodan zarbalar berildi. So‘ngra quruqlik bo‘ylab amaliyot boshlandi. Asosiy maqsad XAMASni mahv etish, garovdagilarni ozod qilish va xavfsizlik o‘rnatish, deya bayonot berildi. Hamon shu maqsad o‘zgarmasligi takrorlanmoqda.

Isroil moliya vaziri Bizalil Smotrich armiya radiosi orqali qamaldagi G‘azo sektoriga qarshi urush uchun kunlik bevosita xarajat 1 milliard shekel (taxminan 246 million dollar) ekanini ma’lum qildi.

600 kun lik mojaro davomida, Isroil tomoni tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, 20 000 ga yaqin XAMAS jangarisi, jumladan asosiy qo‘mondonlar yo‘q qilingan. Shunga qaramay, “Harakat faolligicha qolmoqda, 58 nafar isroillik hamon garovda ushlab turilibdi, ular G‘azoda”, deyilgan “Ynet” yangiliklar sayti xabarida.

Shuningdek, urush payti Isroilga nafaqat G‘azo, balki Livan, Suriya va Yamandan ham jami 15 000 ga yaqin raketa uchirilgani qo‘shimcha qilingan.

Boshqa manbalar keltirishicha, shu даврда 1800 dan ko‘p isroillik halok bo‘lgan. Ulardan 846 nafari askar, 68 nafari politsiyachi. Jangchilar va begunoh aholi orasidagi qurbonlarni hisoblab borgan XAMASga aloqador G‘azo Sog‘liqni saqlash idorasi mas’ullariga ko‘ra, urushda 46 645 ga yaqin falastinlik hayotdan ko‘z yumgan.

S.Rahimov,O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaqin Sharqning notinch 600 kuni