Sirdaryo viloyati markazi – Guliston shahrining ijtimoiy infratuzilmasi, turar joylar, ko‘chalar sezilarli darajada yaxshilanib, yangi qiyofa kasb etmoqda.

Guliston shahridagi 112 ta ko‘p qavatli uyni ta’mirlash, ularning tashqi qismiga bazalt qoplash, tom qismini shefirlash ishlari Prezidentimizning 2025 yil 6 martdagi “Sirdaryo viloyatida ishbilarmonlik muhiti va infratuzilmani yaxshilashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 93-sonli qarori asosida amalga oshirilmoqda. Ayni paytda qurilish ishlarining 50 foizdan ortig‘i bajarildi.

Uy devorlarini qoplashda ishlatilayotgan bazalt qishda issiq, yozda esa salqin muhitni saqlab, energiya tejalishiga yordam beradi. Bu mahsulotlar chetdan emas, balki mahalliy korxonalardan olib kelinayotgani esa xarajatlarni kamaytirmoqda.

– Ushbu mahsulotning tannarxi yuqori emas, ammo sifati juda yaxshi, – deydi Sirdaryo viloyat hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasi direktori Akbar Husanov. – Guliston shahrida katta bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholining uzoq yillik muammolari bartaraf etilmoqda. Eng asosiysi, issiq va sovuq suv ta’minoti yaxshilandi. 

– Qishda uylarimiz sovuq bo‘lardi. Endi devorlar izolyatsiya qilingach, gazni kam ishlatamiz. Bazalt qoplamalar nafaqaxo‘rlar uchun katta yengillik bo‘ldi, – deydi Namuna mahallasida istiqomat qiluvchi mehnat faxriysi Gulchehra Pardayeva.

Shuningdek, eskirgan va shikastlangan tomlar ham zamonaviy qoplamalar bilan yangilanmoqda. Bu aholi uchun xavfsiz va barqaror yashash muhitini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

– Ilgari tomdan suv oqib turardi, – deydi Bo‘ston mahallasida istiqomat qiluvchi Azizbek Jo‘rayev.– Endi bunday muammolar yo‘qoldi. Bunday ishlar davomli bo‘lishi har bir oila uchun juda muhim.

Viloyat hokimligi tashabbusi bilan 24 ta mahallada o‘n kunlik obodonlashtirish tadbirlari amalga oshirildi. Daraxtlarga shakl berish, chiqindilarni olib chiqish, yo‘l bo‘ylarini tozalash, gullar ekish kabi ishlar bajarildi.

– Guliston shahrida o‘tkazilgan hasharlarda davlat tashkilotlari, muassasa va korxonalar xodimlari qatorida aholi ham faol ishtirok etdi, – deydi Guliston shahar hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Aziza Fayziyeva. – Ariq va lotoklar tozalanib, shahar gulzorga aylantirilmoqda. Aytishadi-ku, toza joyda baraka bo‘ladi deb. Haqiqatdan ham, Guliston toza va ozoda, ko‘rkam shaharga aylanib bormoqda.

– Ertalab bolalarim bilan yurganimda gullar bilan bezatilgan yo‘llar, toza havo – hammasi ruhiyatni ko‘taradi. Bunday muhit bolalar tarbiyasiga ham ijobiy ta’sir qiladi, – deydi Ahillik mahallasidan Sevara Erkayeva.

Shaharning turli nuqtalarida gullar va manzarali o‘simliklar ekilyapti. Bu nafaqat ekologik muhitni yaxshilamoqda, balki shaharning estetik qiyofasini ham tubdan o‘zgartirmoqda.

– Bugungi kunda Guliston haqiqiy gulistonga aylanmoqda, – deydi Guliston davlat pedagogika instituti talabasi Shohjahon Hamdamov. – Bu kabi o‘zgarishlardan biz yoshlar qalblarimizda iftixor tuyg‘ularini tuymoqdamiz.

Obodonlashtirish ishlarining yana bir muhim qismi – sanitar tozalik va chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish. Bu nafaqat muhit tozaligi, balki aholi salomatligi uchun ham muhim omildir.

– Chiqindilar o‘z vaqtida tozalanmasa, kasalliklar tarqalishi mumkin. Endi muntazam ravishda sanitariyaga e’tibor qaratilyapti. Bu mahallamiz uchun juda muhim o‘zgarish, – deydi Namuna mahallasi faoli Tohir Suvonov.

Qisqacha aytganda, Guliston shahrida amalga oshirilayotgan qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari bu shunchaki binolar ta’miri yoki yo‘l qurilishi emas, balki inson uchun munosib turmush muhitini yaratishga qaratilgan keng qamrovli harakatlardir. Shahar qiyofasi o‘zgarmoqda, lekin undan ham muhimi, odamlarning kayfiyati yaxshilanib, kelajakka bo‘lgan umid, ishonchi ortyapti. 

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Guliston haqiqiy gulistonga aylanmoqda