Bojxona qo‘mitasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda zargarlik buyumlari noqonuniy aylanmasining oldini olish borasida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Olib borilgan tezkor tadbir davomida oldindan kuzatuvga olingan fuqaro bir juft tilla zirakni 1,1 million so‘mga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan to‘xtatib qolindi. 

Unda fuqaroning qo‘l yuklari belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida uning ichida xorijda ishlab chiqarilgan, hech qanday tegishli hujjatlari bo‘lmagan 6 turdan iborat, dastlabki qiymati 550 million so‘mlik 576,8 gr tilla va kumush taqinchoqlar borligi aniqlandi. Ushbu zargarlik buyumlari ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olindi. 

Xorazmda kuzatilgan holatda esa, oldindan shubha ostiga olingan shaxs tegishli ruxsatnomasiz (litsenziyasiz) tilladan tayyorlangan 5,95 gramm og‘irlikdagi 1 dona uzukni noqonuniy ravishda sotayotgan vaqtda to‘xtatib qolindi. 

Olib borilgan tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur fuqaroga tegishli savdo shoxobchasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 1 kg.dan ortiq og‘irlikdagi zargarlik buyumlari borligi aniqlandi. 

Hozirda qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 1 milliard so‘mni tashkil qiluvchi 1 kg.dan ziyod og‘irlikdagi zargarlik buyumlari vaqtincha saqlovga olindi. 

Hozirda yuqoridagi har ikkala holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sh.Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zargarlik buyumlari noqonuniy aylanmasining oldi olindi