Jurnalistik surishtiruv

Xorazm viloyatining markazidan oqib o‘tadigan, yer osti sizot suvlarining sathini pasaytirish uchun Urganch shahri va tumanidagi ayrim hududlarining zax suvlarini olib chiqib ketadigan zovur, ya’ni xalq tili bilan aytganda zaxkashning holati achinarli. Zovurning ikki tomonidan joylashgan Islomobod va Yangiobod mahallalari fuqarolaridan kelib tushgan murojaat yuzasidan O‘zA muxbiri holatni joyiga chiqib o‘rgandi. 

Fuqarolarning ta’kidlashicha, ikkala mahalla orasidan oqib o‘tuvchi zaxkashning antisanitariya holati kundan-kunga yomonlashmoqda. 
Gap shundaki, zovurning Fidokorlar va Navbahor ko‘chalari oralig‘idagi qismida aholi tomonidan olib chiqib tashlangan, maishiy va boshqa chiqindilar evaziga suv va uning atrofi ifloslanishni boshlagan. 

– Zaxkashni o‘z vaqtida qazib tozalab turishadi, biroq mahallamizda yig‘iladigan chiqindilar vaqtida olib chiqib ketilmaganligi sababli aholi xonadonlaridan chiqadigan chiqindilarni huddi shu yerga tashlab ketishmoqda, – deydi Baxtiyor Bobojonov. – Bu ham yetmaganidek, ayrim “uddaburon” qassoblar qoramol, qo‘ylarning suyak, teri qoldiqlarini qoplarga joylab, kechasi shu yerga tashlab ketishmoqda. Bu muammo bo‘yicha murojaat qilmagan joyimiz qolmadi. Mahallamiz yettiligiga ham bir necha bor murojaat qildik. Biroq bu muammoni bartaraf qiladigan mas’ul shaxs yo‘q. Chunki ushbu zovurning bir tomoni Urganch tumani va ikkinchi tomoni Urganch shahriga qarashli. Shu sababdan bo‘lsa kerak, zaxkashning taqdiri hech qaysi mutasaddini qiziqtirmaydi. 

[gallery-23661]

Guvohi bo‘ldikki, ahvol haqiqatdan ham achinarli. O‘rganish maqsadida atrofni aylanib yurib, tarqalayotgan qo‘lansa hiddan hamda hayvonlarning chiriyotgan yoki hali chirishga ulgurmagan yangi tashlab ketilgan o‘lik tanalariyu, qalashib yotgan suyaklarni ko‘rib dilimiz xufton bo‘ldi. 

– Zovur ustiga “qo‘lbola” usulda qurilgan eski yog‘och ko‘prikchalar xizmat qilish muddatini allaqachon o‘tab bo‘lgan, – deydi shu yerlik fuqaro Javlon Sobirov. – Farzandlarimiz, o‘zimiz ham har kuni ana shu ko‘prikchalardan foydalanmiz. Zovurning taxminan bir kilometrcha qismida zamonaviy va xavfsiz piyodalar ko‘prigi o‘rnatilmagan. Kanalizatsiya suvlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri shu yerga oqizilishi, chiqindi va axlatlarning juda ko‘p miqdorda tashlanishi bu suvda zararli bakteriya va zararkunandalarning ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. Yuqumli kasalliklar avj olmasidan bu muammoni bartaraf qilish lozim. 

– Mahalladagi chiqindilarni olib chiqib ketish uchun tegishli idoralar bilan shartnoma qilganmiz, – deydi Gulimboy Matrizayev. – Pullarni ham vaqtida to‘laymiz. Biroq mahallamiz hududida bironta ham maxsus chiqindixona yo‘q. Har kim o‘z bilganicha chiqindi va axlatlarini olib chiqib tashlaydi. Maxsus texnikalar oyda bir marta zo‘rg‘a aylanadi. Maxsus texnikalar haftasiga ikki marta xabar olib tursa, tez orada mahallamizdagi bu ayanchli ahvol bartaraf bo‘lishi, shubhasiz. 

Holatga shu yerda doimiy istiqomat qilib, bu vaziyatni kundalik hayotida boshdan o‘tkazib kelayotgan insonlardan ortiq ta’rif berolmaymiz. 
Biroq bunday salbiy holatlarning oldini olishga, tozalashga, shuningdek, bunday ishlarning nazoratini yuritishga ma’sul bo‘lgan mutasaddi idoralar aholini qiynayotgan mazkur muammoning yechimini topishsa yaxshi bo‘lar edi. 

Ahmadjon Shokirov, Behzod Saidov (surat, video), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hududning egasi bormi?