Sankt Peterburg hukumati muhojirlarga kurer va taksi haydovchisi bo‘lib ishlashni taqiqlamoqchi. Qaror loyihasi 28 may kuni shahar hukumati saytida e’lon qilindi.

Qonun loyihasiga asosan 1 iyuldan boshlab elektr velosipedlar va samokatlarda kurerlik qilishga taqiq joriy etilishi mumkin. Patentlar bo‘yicha ishlaydigan migrantlarga quyidagi iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ishlashni taqiqlash taklif etilmoqda. Bular, yengil avtomobillarni haydovchilik uchun ijaraga berish va taksi xizmati; Kurerlik xizmati; Turli transport vositalari orqali yetkazib berish xizmati; Uyga oziq-ovqat yetkazib berish faoliyati; Boshqa kurerlik ishlari.

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ikki haftalik muhlat qo‘ygani aytilmoqda. Prezident bu muddat ichida natija bo‘lmasa, boshqa chora ko‘rishini bildirgan. Bu haqda BBC xabar berdi.

Tramp 28 may kuni Oq uyda Putin urushni tugatishni xohlash-xohlamasligi haqida berilgan savolga shunday javob bergan:

“Men bunga hozir javob bera olmayman, lekin taxminan ikki haftadan keyin aytishim mumkin. Shu muddat ichida Putin bizni aldab yuribdimi yoki yo‘qligini bilib olamiz”, degan u.

Tramp so‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya prezidenti “mutlaqo aqldan ozgan” va “olov bilan o‘ynashmoqda” deb yozgandi.

Rossiyaning maxfiy yadroviy ob’ektlari haqidagi ikki million hujjat, jumladan, Yasniy shahridagi strategik raketa qo‘shinlari bazalaridan birining to‘liq sxemalari internetda tarqaldi. Daniyaning Danwatch jurnalistlari va Germaniyaning Der Spiegel nashri mazkur bazalardan birini o‘rgandi.

Ma’lumotlarga asoslanib, Rossiyaning yuqori darajada qo‘riqlanadigan ob’ektlarida harbiy yadroviy infratuzilmani modernizatsiya qilish ko‘lamini baholash mumkin. Bazalar ommaviy ravishda buzib tashlangan va yangidan qurilgan, yuzlab yangi kazarmalar, qo‘riqlash minoralari, boshqaruv markazlari, omborlar va yerosti tunnellari qurilgan.

Mutaxassislar hujjatlarning sizib chiqishini “mutlaqo aql bovar qilmaydigan” deb atamoqda, ular ilgari bunday ma’lumotlar ochiqlanganini ko‘rmagan.

Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Xitoylik talabalarning vizalarini bekor qilishini ma’lum qildi.

AQSH davlat kotibi Marko Rubio bayonotida bu choralar Xitoy Kommunistik partiyasi bilan aloqasi bor yoki jiddiy sohalarda tahsil olayotgan talabalarni o‘z ichiga olishini aytgan.

Shuningdek, u vizalarni berish mezonlari ham qayta ko‘rib chiqilishini va Xitoy hamda Gonkongdan keladigan kelajakdagi talabalar uchun tekshiruv kuchaytirilishini qo‘shimcha qilgan.

NATO alyans mudofaasi uchun Germaniyadan yettita brigada, taxminan 40 ming askar taqdim etishni so‘radi. 

Bu yangi qurol-yarog‘ va askarlar soniga qo‘yilayotgan talablar doirasiga kiradi. Buni NATOga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari kelasi hafta tasdiqlashi kutilmoqda. Alyans o‘zining harbiy salohiyati bo‘yicha rejalarini kengaytirmoqda. Sababi 2022 yilda Ukrainada urush boshlanganidan beri Rossiyaga katta tahdid sifatida qaralmoqda.

Pokiston hukumati strategik bitkoin zaxirasini yaratishni va bitkoin mayningini qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirmoqda. 

U 28 may kuni Las Vegasda bo‘lib o‘tgan Bitcoin 2025 konferensiyasida tegishli ma’lumot bilan bo‘lishdi. Saqib bitkoin zaxirasini yaratish AQSHdan ilhomlanilganini aytdi. AQSHdagi zaxira dastlab jinoiy va fuqarolik ishlari doirasida musodara qilingan aktivlar hisobiga to‘ldiriladi. Bu aktivlarning umumiy hajmi taxminan 200 ming bitkoin miqdorida baholanmoqda. Pokiston ham AQSH kabi o‘z bitkoinlarini sotmaydi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/uaXJ9yJwKtY" title="Xalqaro dayjest" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Iroda Jo‘rayeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro dayjest (+video)