Joriy yilning 27-29 may kunlari Moskva shahrida BEE-TOGETHER.ru xalqaro biznes platformasi tadbirlari tashkil etildi.

Unda 55 ta mahalliy kompaniya vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi. 

Qayd etish kerakki, BEE-TOGETHER.ru - bu maxsus B2B (business-to-business) platforma bo‘lib, u xalqaro miqyosda ishlab chiqaruvchilar, ta’minlovchilar va xaridorlarni bir joyda to‘plab, ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuvlar, muzokaralar va hamkorlik imkoniyatlarini yaratadi. Unda asosan to‘qimachilik, moda, mato va shu kabi sohalardagi kompaniyalar o‘z mahsulotlari va xizmatlarini namoyish qilib, yangi bozorlarga chiqish, sheriklar topish va eksport hajmini oshirish imkoniga ega bo‘ladi.

Ahamiyatlisi, platforma doirasida o‘tkazilgan birinchi kungi ko‘rgazmada O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari mahsulotlari xorijiy hamkorlarda katta qiziqish uyg‘otib, umumiy qiymati 15 million dollarlik 715 ta kelishuvga erishildi. 

Mahalliy ishtirokchilar uchun ko‘rgazmaning ikkinchi kuni ham katta taassurotlarga boy bo‘ldi. Xususan, Rossiya va xalqaro kompaniyalar bilan 100 dan ziyod B2B muzokara o‘tkazilib, tikuvchilik buyurtmalari, mato yetkazib berish hamda barqaror moda sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 

Shuningdek, yirik xalqaro ko‘rgazmalar tashkilotchilari bilan kelgusi rejalar yuzasidan ham muzokaralar olib borildi va uzoq muddatli hamkorlik bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. 

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi axborot xizmatiga ko‘ra, ushbu platforma nafaqat savdo bitimlari, balki O‘zbekiston kompaniyalari uchun yangi bozorlar eshigini ochish, mahsulot sifatini xalqaro talablarga moslashtirish va global miqyosda brendingni yo‘lga qo‘yish imkonini yaratayotgani bilan ahamiyatli.

N.Ziyodullayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Moskvada mahalliy ishlab chiqaruvchilar umumiy qiymati 15 million dollarlik 715 ta kelishuvga erishdi