Huquqiy munosabat

Yurtimizda bola tarbiyalayotgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimi samaradorligini oshirish, ijtimoiy himoya va ko‘makka muhtoj oilalar moddiy ta’minotini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirishga a’lohida e’tibor qaratilmoqda. 

Bu kabi amaliyot qonunchiligimizda huquqiy asoslab berilgan.

Bu borada Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Imomali Tuyev quyidagicha tushuntirish berdi: 

–Prezidentimizning “Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish hamda kambag‘allik bilan kurashish ko‘lamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish tartibi belgilangan. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 21 oktyabrdagi qaroriga muvofiq, 2021 yilning 1 sentyabridan boshlab oilaning har bir a’zosiga jami bir oylik o‘rtacha daromad 440 ming so‘mdan oshmaganda, 2022 yildan boshlab oilaning har bir a’zosiga jami bir oylik o‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmaganda kam ta’minlangan deb e’tirof etiladi. 

Farmonning 2-bandiga muvofiq, bolalar nafaqasi va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam to‘lovlarining miqdori quyidagicha belgilangan.

Jumladan, bolalar nafaqasining oylik miqdori 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun – 250 ming so‘mni, 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun – 325 ming so‘mni, oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha – 150 ming so‘m, oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun – 100 ming so‘mni tashkil etadi.

Kam ta’minlangan oilalar uchun esa moddiy yordamning oylik miqdori – 380 ming so‘m hisoblanadi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam to‘lovlarining miqdori qancha?