Oliy Majlis Senatining yettinchi yalpi majlisi bugun o‘z ishini davom ettirmoqda. Unda Senat va Hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

Senat Raisi Tanzila Norboyeva boshqarayotgan majlis videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkazilmoqda. Majlis jarayonlari Senatning YouTube tarmog‘idagi rasmiy sahifasi orqali onlayn yoritib borilmoqda.          

Majlisning birinchi ish kunida “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida”gi yangi qonun ma’qullandi. 

Soliq kodeksiga, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga, ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonunlar ko‘rib chiqildi. Qonun hujjatlariga jinoyat protsessida majburlov choralari instituti takomillashtirilayotgani munosabati bilan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun muhokama qilindi. 

“Soliq va byudjet qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun esa rad etildi. 

Yalpi majlis ikkinchi ish kunida “O‘zbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi Bitimni (Toshkent, 2024 yil 27 sentyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun ko‘rib chiqiladi. 

O‘zbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash to‘g‘risida milliy ma’ruza,  Iqtisodiyot va moliya vazirligining mamlakat hududlarida xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqidagi axboroti, Senat tomonidan xalq deputatlari mahalliy kengashlari faoliyatiga ko‘maklashish borasida amalga oshirilgan ishlar, Bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga parlament so‘rovi yuborishga oid masalalar muhokama qilinadi. 

Majlisda ko‘rib chiqiladigan barcha masalalar haqida batafsil yoritib boramiz. Bizni kuzatib boring! 

N.Abduraimova,

N.Haydarov (surat),

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senatning yettinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda