28 may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yettinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

Unda Senat, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralarning vakillari, mahalliy Kengashlarning deputatlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan yalpi majlisni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva olib bordi.

Yalpi majlis Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritib borildi.

Senatning yettinchi yalpi majlisining birinchi kunida dastlab “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi. 

Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda chorvachilikni rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bundan tashqari, sohaga ishlab chiqarishning zamonaviy usullarini keng joriy etish orqali qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish masalalari ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 

Biroq hozirgi vaqtda hayvonlarni identifikatsiya qilish ishlari to‘laqonli amalga oshirilmayotgani ularda xavfli yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktik emlash tadbirlarini o‘tkazish va epizootik barqarorlikni kafolatli saqlash imkoniyatini cheklamoqda.

Shuningdek, identifikatsiya jarayonlari raqamlashtirilmagani, ma’lumotlar bazasi markazlashtirilmagani natijasida hayvonlarning aniq hisobini yuritishdagi muammolar ham saqlanib qolmoqda. 

Mazkur qonunda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish sohasidagi vakolatli organ etib belgilanmoqda. 

Shuningdek, vakolatli davlat organi vakilining hamda hayvon egasining huquq va majburiyatlari aniq ko‘rsatib o‘tilmoqda. Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatishga doir umumiy talablar hamda muddatlar belgilanmoqda.

Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish, kuzatish va hisobdan chiqarish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish, elektron axborot tizimini muvofiqlashtirish va real vaqt rejimida elektron axborot almashinuvini ta’minlash Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish markazining vakolati etib belgilanmoqda.

Senatorlar tomonidan ta’kidlanganidek, qonunning qabul qilinishi natijasida hayvonlarning hisobi, ularning nasli va sog‘lig‘i to‘g‘risidagi yagona elektron bazasi shakllanadi, shuningdek, hayvonlarning saqlanishi va harakatlari (migratsiyasi) tartibga solinadi hamda doimiy monitoring qilish tizimi yaratiladi.

Bundan tashqari, hayvonlarning xavfli yuqumli kasalliklarga to‘liq profilaktik emlanishiga erishiladi. Natijada hayvonlarning turli yuqumli kasalliklarga chalinishi va nobud bo‘lishi oldi olinadi. Respublikada epizootik va epidemik barqarorlik ta’minlanadi.

Muhokama yakunida ushbu qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Senatning yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokama etildi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratizm va ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish, shu jumladan, aholining masofadan turib elektron davlat xizmatlaridan mustaqil ravishda foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, aholi va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, masofadan turib elektron davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish va zarur hujjatlarni elektron shaklda rasmiylashtirishdan keng foydalanishni yanada qo‘llab-quvvatlash, uning huquqiy asoslarini mustahkamlash zarurati yuzaga kelmoqda.

Shuning uchun Soliq kodeksiga elektron hujjatda uni imzolagan shaxsning roziligini ifodalaydigan hamda uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan elektron tasdiqlash usullaridan foydalanishga taalluqli o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Bundan tashqari, ortiqcha undirilgan soliqlarni soliq to‘lovchining arizasiga muvofiq kelgusi to‘lovlar hisobiga kiritish muddati 15 kundan 3 kunga qisqartirilib, Chernobil AES halokati oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan fuqarolarning, shuningdek, ularning erining (xotinining) ish haqi va boshqa daromadlari to‘liq daromad solig‘idan ozod etilmoqda.

Senatorlar o‘z chiqishlarida muhokama etilgan qonunda masofadan turib elektron davlat xizmatlaridan foydalanishni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ortiqcha undirilgan soliq summasini soliq to‘lovchining boshqa soliqlar bo‘yicha kelgusi to‘lovlari hisobidan hisobga olish tartibini yanada soddalashtirish, ayrim toifadagi shaxslarga soliq imtiyozlarini berish o‘z aksini topganligini ta’kidlab o‘tdi. 

Mazkur qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Shundan so‘ng, majlisda “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun senatorlar tomonidan muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni barpo etish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu islohotlar natijasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham inson, shu jumladan, jabrlanuvchi huquqlari kafolatlari belgilangan. 

Mazkur qonun ham ana shu tizimli islohotlarning mantiqiy davomi hisoblanadi. Bugungi kunda ayrim ma’muriy huquqbuzarliklar ijtimoiy ahamiyatini yo‘qotgan va ularning soni keskin kamaygan. Shu bilan bir vaqtda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning bir nechta moddasida ayni bir ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik belgilangan. Shu bois ushbu qonun ularni muvofiqlashtirish maqsadida ishlab chiqilganligi qayd etildi.

Ushbu qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga ayrim huquqbuzarliklar uchun qilmishning xususiyatidan, jazolashdan ko‘zlangan maqsadga erishish uchun yetarlilik nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ma’muriy javobgarlikni bekor qilishga qaratilgan tegishli o‘zgartirishlar kiritilmoqda. 

Shuningdek, ayni bir qilmish, ya’ni tamaki mahsulotini belgilanmagan joylarda iste’mol qilish uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning turli moddalarida nazarda tutilgan javobgarlik alohida moddada (561-modda) aks ettirilmoqda.

Bundan tashqari, Kodeksning ayrim moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishga jabrlanuvchining arizasi bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yilishi belgilanmoqda.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning boshqa moddalariga ham yuqoridagi o‘zgartirish va qo‘shimchalardan hamda Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari dasturidan kelib chiqqan holda tegishli o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Senatorlar ta’kidlaganidek, mazkur qonun qabul qilinishi bilan inson huquqlari kafolatlari kuchayishiga, huquqiy ta’sir choralarini qo‘llashda mutanosiblik prinsipiga amal qilinishining ta’minlanishiga hamda mas’ul davlat organlari ish yuklamasining kamayishiga, fuqarolar o‘rtasidagi ayrim kelishmovchiliklar sudga qadar hal etilishiga erishiladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga soliq va tadbirkorlik sohasidagi huquqiy munosabatlarni takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, soliq siyosatini takomillashtirish orqali soliq yukini kamaytirish, iqtisodiyotni jadal rivojlantirish borasida izchil islohotlar olib borilmoqda.

Shu bilan birga, mazkur islohotlar doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar soliq sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olishga, jinoyat ishlari doirasida tadbirkorlik sub’ektlarining huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan huquqiy mexanizmlarni yanada takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirmoqda. 

[gallery-23634]

Shu maqsadda ishlab chiqilgan mazkur qonun bilan Jinoyat kodeksiga, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish, soliqlarni yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlikka sabab bo‘ladigan zararning miqdorini oshirish, yetkazilgan zararning o‘rni sudga qadar bosqichda va sud muhokamaci davomida to‘liq qoplangan taqdirda javobgarlikdan ozod qilish, shuningdek, vakolatli organlarning tergovga qadar tekshiruv harakatlarini amalga oshirish hamda ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq vakolatlarini aniqlashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Jinoyat-protsessual kodeksiga tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud jarayonida Biznes-ombudsman yoki Savdo-sanoat palatasi tomonidan tayinlangan vakil jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etishini belgilovchi qoidalar kiritilmoqda. 

Bundan tashqari, Fuqarolik kodeksida va Soliq kodeksida sud qaror chiqarguniga qadar tergov jarayonida qo‘shimcha hisoblanib undirilgan soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha penya hisoblanmasligi, jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan yer uchastkasi bo‘yicha to‘lab berilgan kompensatsiya pullari daromad solig‘iga tortilmasligi kabi o‘zgartirishlar ham nazarda tutilmoqda.

Senatorlar o‘z chiqishlarida ta’kidlaganidek, mazkur qonun soliq sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olishga, soliq tushumlarining barqarorligini ta’minlashga, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun teng raqobat sharoitlarini yaratishga, tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Muhokamadan so‘ng mazkur qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Bundan tashqari, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi. 

Qayd etilganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga, iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishiga, shuningdek, yod yetishmasligi kasalliklarini profilaktika qilishga va ularning oldini olishga qaratilgan tizimli ishlar olib borilmoqda. 

Shu bilan birga, talon-toroj qilganlik, ichki ishlar organlari xodimining va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy talablarini bajarmaslik uchun jazo choralarini kuchaytirish, shuningdek, savdo sohasida iste’molchilarning huquqlari himoya qilinishini ta’minlash uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish, iste’mol bozorini yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirishga doir choralar ko‘rish zaruriyati yuzaga kelmoqda. 

Shu bois mazkur qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi hamda “Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunlariga tegishli o‘zgartishlar kiritilmoqda. 

Xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga energiya resurslarini oz miqdorda talon-toroj qilish hamda ichki ishlar organlari xodimining va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy talablarini bajarmaslik bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun jazo choralari kuchaytirilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Shuningdek, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga sotuvchilarni oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilgan majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarishga undaydigan normalarni belgilovchi qo‘shimcha kiritilmoqda.

Ta’kidlanganidek, 2024 yilda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga iste’molchilardan kelib tushgan 30 070 ta murojaatlarning 4 213 tasida sotuvchilar tomonidan tovarlar (avtomobil, maishiy texnika, tayyor ovqat, mebel va boshqalar)ni kelishilgan muddatlarda yetkazib berilmaganligidan norozi bo‘lgan. 

Bundan tashqari, birgina avtomobil oldi-sotdisi bo‘yicha shartnomalarda ko‘rsatilgan muddatlarga rioya etilishi tizimli ravishda o‘rganilganda 5 332 ta holatda sotuvchilar tomonidan avtomobillarni yetkazib berish muddatlari buzilishi aniqlangan. 

Qonun bilan oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq sotuvchi shartnomada belgilangan muddatda tovarni iste’molchiga yetkazib bermagan taqdirda sotuvchi kechiktirilgan har bir vaqt birligi (shartnomada ko‘rsatilgan daqiqa, soat, kun) uchun majburiyatning bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida iste’molchiga penya to‘lashi, biroq bunda penyaning umumiy summasi topshirilmagan tovar bahosidan oshib ketmasligi kerakligi aniq belgilab qo‘yilmoqda.

Bundan tashqari “Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga mamlakatimizda faqat yodlangan osh tuzi ishlab chiqarilishini, olib kirilishini va realizatsiya qilinishini, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda yodlangan tuzdan majburiy tarzda foydalanilishini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining osh tuzini hamda oziq-ovqat mahsulotlarini yodlashga, yodlangan tuzning muomalasiga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini belgilash sohasidagi vakolatlari aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Senatorlar tomonidan qonunni qabul qilinishi mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlashga, iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha huquqiy asoslarni yaratishga, shuningdek, aholining sog‘lig‘ini saqlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Shu bilan birga, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi қонун muhokama qilindi.

Ta’kidlanishicha, sud faoliyati va odil sudlov samaradorligini oshirishga qaratilgan izchil islohotlar sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga keng imkon berdi. Islohotlar natijasida sud hokimiyatining ochiqligi ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiqlashtirildi.

Jumladan, aholi bilan ochiq muloqotlar yo‘lga qo‘yildi, sayyor sud majlislarining ko‘lami oshirildi, sudlarning jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik aloqalari yangi bosqichga olib chiqildi.

Ochiq sud majlislarida barcha fuqarolarga hech qanday to‘siqlarsiz ishtirok etish imkoniyatlari taqdim etildi. Sud qarorlari hech kimdan sir tutilmasdan onlayn tarzda e’lon qilinmoqda.

Shu bilan birga, mamlakatimizda shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, uning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish qonun hujjatlari bilan mustahkamlangan.

Jumladan, Konstitutsiyaning 31-moddasida har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega bo‘lish, o‘z sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega ekanligi mustahkamlandi. Shuningdek, shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish huquqiga egaligi Konstitutsiya darajasida e’tirof etilgan.

Qayd etish lozimki, yopiq sud majlislarini o‘tkazishga oid ham qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, ularni o‘tkazish tartibi va muddatlari aniq belgilandi.

Qonun huquqiy islohotlarning mantiqiy davomi bo‘lib, unda Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi, Fuqarolik protsessual kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeks va Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksga yopiq sud ma’lumotlarini oshkor qilmaslik bo‘yicha sud muhokamasi ishtirokchilariga tegishli majburiyat yuklash va buni buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilash nazarda tutilmoqda.

Jumladan, qonun bilan Jinoyat kodeksi 239-moddasining nomi surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud majlisi ma’lumotlarini oshkor qilish deb to‘ldirilib, surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning yoki sudning ruxsatisiz surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud ma’lumotlarini oshkor qilmaslik to‘g‘risida majburiyat yuklatilgan shaxs tomonidan oshkor qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksiga yangi modda bilan Fuqarolik protsessual va Iqtisodiy protsessual kodekslari, shuningdek, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning “Sud majlisi”ga oid moddalari  yangi qism bilan to‘ldirilib, ishni yopiq sud majlisida ko‘rilganida sud majlisida ishtirok etayotgan shaxslar sud muhokamasi ma’lumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmaslik to‘g‘risida ogohlantirilib, ulardan tilxat olinishi va tilxatda mazkur majburiyatni buzganlik uchun Jinoyat kodeksining 239-moddasiga binoan javobgarlik haqidagi ogohlantirish ham aks ettirilishi mustahkamlab qo‘yilmoqda.

Senatorlar ushbu qonunning hayotga tatbiq etilishi sud protsessida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlari yanada kuchaytirilishiga, sud muhokamasi ishtirokchilarining shaxsiy hayoti haqidagi ma’lumotlar oshkor etilishining oldi olinishiga xizmat qilishini ta’kidladi. 

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Shundan keyin “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessida majburlov choralari instituti takomillashtirilayotganligi munosabati bilan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun senatorlar tomonidan muhokama qilindi. 

Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish tizimini yaratishga, “Inson sha’ni va qadr-qimmati uchun” tamoyili asosida uni yangi bosqichga ko‘tarishga, sud organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishga, shuningdek, aholining huquqni muhofaza qilish tizimiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda.

Mazkur qonun ham ana shu tizimli islohotlarning mantiqiy davomi bo‘lib, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilganligi qayd etildi.

 Qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksiga hamda “Prokuratura to‘g‘risida”gi va “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunlarga bir qator qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda. 

Jumladan, Jinoyat-protsessual kodeksi yangi bob bilan to‘ldirilib, unda O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklab qo‘yish maqsadi va asoslari, O‘zbekistondan chiqish huquqini vaqtincha cheklab qo‘yish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish, bunday iltimosnomani ko‘rib chiqish, sud ajrimi, O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklab qo‘yish yoki cheklashni rad etish kabi normalar bayon etilgan.

Bundan tashqari, “Sudlar to‘g‘risida”gi hamda “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunlarga sudlar tomonidan pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish haqida iltimosnomani ko‘rib chiqish, shuningdek, prokurorlar tomonidan pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish haqida iltimosnomani ko‘rib chiqish va rozi bo‘lgan taqdirda sudlarga kiritishni nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritilmoqda.

Ta’kidlanganidek, mazkur qonun fuqarolarning huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlashga, odil sudlovning sifatini yanada oshirishga qaratilganligi bilan ahamiyatli.

Muhokama yakunida qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Yalpi majlisda “Soliq va byudjet qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Qayd etilganidek, mamlakatimizda soliq va byudjet qonunchiligini takomillashtirish, soliq to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligining yangi hamda samarali vositalarini joriy etish yo‘li bilan tadbirkorlik sub’ektlariga soliq yukini kamaytirish, shuningdek, davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

Qonun bilan Byudjet kodeksiga navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini va Byudjetnomani parlamentga kiritish muddati belgilanishini, jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish to‘g‘risidagi axborot rasmiy veb-saytlarga, “Ochiq byudjet” axborot portaliga joylashtirilishini nazarda tutadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. 

Bundan tashqari, Soliq kodeksiga byudjet tashkilotlariga ijaraga berilgan yer uchastkalaridan soliq undirish tartibini, ijaraga beruvchi yoki ijaraga oluvchi tomonidan yer solig‘ini to‘lash tartibini, shuningdek, ayrim sohalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun soliq imtiyozlari berishni va boshqa masalalarni kiritish ham nazarda tutilgan.

Biroq mazkur qonunda qayta ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan ayrim masalalar mavjudligi senatorlar tomonidan alohida ta’kidlab o‘tildi.

Jumladan, beg‘araz yordam doirasida kelgan tibbiy asbob-uskunalardan pulli xizmatlar ko‘rsatish masalasini qayta ko‘rib chiqish lozimligiga e’tibor qaratildi. 

Shuningdek, Davlat byudjetini parlament tomonidan qabul qilish va ma’qullashning qat’iy muddatlarini belgilash ham zarurligi ta’kidlandi.

Muhokama mobaynida ayrim qonun normalarini so‘nggi qabul qilingan qonunchilik hujjatlaridan kelib chiqib, qayta ko‘rib chiqish hamda takomiliga yetkazish zarurati borligi ham qayd etildi. 

Shularni inobatga olib, qonunni qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida Senat qarori qabul qilindi.

Shuning bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yettinchi yalpi majlisining birinchi ish kuni yakunlandi.

O‘zbekiston Respublikasi 

Oliy Majlisi Senatining

Axborot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yettinchi yalpi majlisi to‘g‘risida AXBOROT