Milliy gvardiya qo‘mondonligi tashabbusi bilan poytaxtimizning Yakkasaroy tumanida joylashgan «Moviy gumbazlar» xiyobonida yoshlar, o‘quvchilar va poytaxtimiz aholisi hamda mehmonlariga xush kayfiyat ulashish maqsadida ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etildi.

Mazkur tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad Prezidentimizning 2023 yil 25 dekabrdagi “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berilgan istirohat bog‘lari va xiyobonlarida san’atkorlar tomonidan mahalliy aholi, yoshlar qatlami va turistlarga madaniy xizmatlar ko‘rsatish kabi vazifalar ijrosini ta’minlashdan iborat.

Tadbir davomida Milliy gvardiya Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ashula va raqs ansambli tomonidan konsert dasturi, Harbiy orkestr jamoasining musiqiy va Faxriy qorovul bo‘linmasining saf ko‘rgazmali chiqishlari namoyish qilindi.

Shuningdek, havaskor bolalar ijodiy guruhining repertuarlaridan tomoshabinlar bahramand bo‘ldi.

Tadbirda aholi maroqli hordiq chiqardi. Shu bilan birga bu kabi tadbirlar yoshlarning vatanparvarlik ruhida ulg‘ayishiga hissa qo‘shadi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ri9AOzE8xkI" title="“Moviy gumbazlar” xiyobonida aholiga madaniy xizmat ko‘rsatilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

N.Rahmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Moviy gumbazlar” xiyobonida aholiga madaniy xizmat ko‘rsatilmoqda (+video)