AQSHda o‘qish uchun viza olmoqchi bo‘lgan xorijlik talabalarning ijtimoiy tarmoqlarini tekshirish majburiy bo‘ladi. Bu haqda davlat kotibi Marko Rubio tomonidan diplomatik nota imzolandi.

Hujjatga ko‘ra, Amerika elchixonalari va konsulliklariga talabalar hamda almashinuv dasturlari vizalari uchun yangi suhbatlarni o‘tkazishni vaqtincha to‘xtatish topshirilgan. Ushbu qaror ijtimoiy tarmoqlarni majburiy tekshirishni kengaytirishga tayyorgarlik ko‘rish doirasida qabul qilingan.

Pokistonning ko‘plab qismida kuchli yomg‘ir va bo‘ronlar kuzatilmoqda. Tabiiy ofat oqibatida kamida olti kishi halok bo‘lgan, yana 20 dan ortiq kishi jarohat olgan.

Rasmiylar yaqin kunlarda mamlakat shimolida ko‘chkilar yuz berishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Isroil xavfsizlik vazirligi G‘azo sektorining bosib olingan G‘arbiy Sohilida 22 ta yangi noqonuniy aholi punktlari qurilishini ma’qulladi. 

Mahalliy OAVning yozishicha, mudofaa vaziri Isroil Kats va moliya vaziri Bezalel Smotrich birlashib tegishli taklifni kiritgan. O‘tgan hafta vazirlar mahkamasi yashirin ovoz berish yo‘li bilan ushbu taklifni qabul qilgandi.

Xitoylik olimlar 2025 yil may oyida 1,36 kilometr masofadan 3 millimetrli (guruch donasidek) matnni o‘qiydigan lazer yaratdi. 

Ushbu texnologiya, an’anaviy teleskoplar bilan olingan tasvirlardan ancha yuqori aniqlikka ega bo‘lib, uzoq masofalardan mukammal optik tasvir olish imkonini beradi.

Tizim faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish chizig‘ida joylashgan ob’ektlarni aniqlay oladi. Ob’ektni aniqlash uchun lazer nuri kerak bo‘ladi. Bu yashirin kuzatuv uchun mos emas. Tizimning yuqori aniqligi va ishlash prinsipi murakkab bo‘lib, maxsus bilim va texnik qo‘llab-quvvatlashni talab qiladi.

Uchta asteroid 28 may kuni Yer oldidan uchib o‘tadi, ular potensial xavfli asteroidlar hisoblanadi. Bu haqda NASA xabar berdi.

NASA tasnifiga ko‘ra, Yerga 7,4 million kilometr masofaga yaqinlashadigan asteroidlar “potensial xavfli” hisoblanadi. Ushbu ob’ektlarning barchasi juda katta tezlikda uchishiga qaramay, ular Yerga hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Har yili NASA teleskoplari Yerga yaqinlashayotgan 3000 dan ortiq yangi asteroidlarni qayd etadi. Ularning anchagina qismi atmosferada yonib ketadi.

AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan G‘azo gumanitar jamg‘armasi (G‘GJ) G‘azo sektoriga yordam tarqatishni boshlaganini ma’lum qildi.

Jamg‘arma oziq-ovqat miqdori haqida ma’lumot bermagan, ammo ta’minot o‘z markazlariga yetib borganini va butun mintaqa bo‘ylab taqsimlanayotganini aytgan. Tashkilot, shuningdek, 28 may kuni yana ovqat to‘la yuk mashinalari kelishini ta’kidlagan.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Shyg5zBEb-k" title="AQSH talaba vizasini olish qoidalarini kuchaytiradi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Iroda Jo‘rayeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro dayjest (+video)