Senatning yettinchi yalpi majlisi birinchi ish kuni yakunlandi.

Senat raisi Tanzila Norboyeva boshqarib borgan majlis videokonferens aloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkazildi. Majlis jarayonlari Senatning YouTube tarmog‘idagi rasmiy sahifasi orqali onlayn yoritib borildi. 

Senat Raisi kirish so‘zida Prezidentimiz boshchiligida jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida muhim o‘zgarish va yangilanishlar
kechayotganini qayd etdi. 

– Aholi uchun eng yaqin ijtimoiy sohalar, ya’ni ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalariga davlat rahbari darajasida doimiy e’tibor qaratib kelinayotgani ijtimoiy davlat tamoyilini hayotga tatbiq etishda muhim omil bo‘lmoqda, – dedi T.Norboyeva. – Mazkur sohalarni bugungi kun talablari asosida rivojlantirish, dolzarb muammolarga tizimli asosda yechim topish masalalari bo‘yicha shu oyning o‘zida Prezidentimiz huzurida alohida yig‘ilishlar o‘tkazildi. Sog‘liqni saqlash sohasidagi dolzarb muammolarga e’tibor qaratilib, bu borada mahallalardagi birlamchi bo‘g‘inni isloh qilish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi. Endilikda aholi oilaviy shifokorni erkin tanlashi, bunda xususiy shifokorlar ham jalb etilishi, tibbiy yordamning kafolatlangan paketi tasdiqlanishi va uning doirasida tibbiy xizmat va dori vositalari to‘liq byudjetdan qoplanishi –mahallalarda tibbiy xizmat sifatini yangi, zamonaviy bosqichga olib chiqish bilan ahamiyatli. Ayniqsa, bolalar saratoniga qarshi kurashish choralari keskin oshirilishi, bu borada besh yillik dastur ishlab chiqilib, 110 million dollar mablag‘ yo‘naltirilishi Prezidentning doimiy e’tiborida ekanini amalda yana bir bor namoyon etdi.

Nogironlikni belgilashda shifokorlik-maslahat komissiyalarining tugatilishi sohada korrupsiya omillarini bartaraf etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishi, shubhasiz. Aholi manfaatlariga xizmat qiladigan, xalqimiz kutgan bu kabi chora-tadbirlar hayotga tatbiq etilishi senatorlarning doimiy e’tibori va nazoratida bo‘ladi. 

Yalpi majlis birinchi ish kunida soliq, tadbirkorlik, ma’muriy va jinoyat protsessual qonunchilik sohalaridagi huquqiy munosabatlarni takomillashtirishga qaratilgan qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonunlar ma’qullandi. 

Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish tizimini joriy etish bo‘yicha ma’qullangan yangi qonun esa qishloq xo‘jaligi va veterinariya tizimini yanada rivojlantirishga, epizootik xavflarni bartaraf etishga xizmat qiladi. 

Yalpi majlis ertaga o‘z ishini davom ettiradi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/HZ2sor6ohvY" title="Senatyalpi majlisida nimalarga e’tibor qaratildi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Norgul Abduraimova, Doniyor Yoqubov (video), Anvar Ahmedov (montaj), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat yalpi majlisida nimalarga e’tibor qaratildi? (+video)