Omilkorlik qishloq xo‘jaligida mo‘l hosil olish uchun xizmat qiladi. Keyingi yillarda tomorqa egalari va dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash uchun imtiyozli kredit, subsidiya berilayotgani esa sohaning yanada rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda.

Eng asosiysi, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida odamlar yer bilan ishlashni, zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llashni yanada yaxshi o‘rgandi. Bugun tomorqada mahsulot yetishtirish hajmi karrasiga oshdi.

Bu haqdagi fikrlar Farg‘ona viloyati Quva tumanida o‘tgan «Gilos sayli» festivalida alohida ta’kidlandi.

«Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat banki hamda «Quva-Agro Star» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan ushbu festivalda bank rahbariyati, viloyat va tuman hokimligi mutasaddilari, qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari, tadbirkorlar, sayyohlar, umuman, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda mevali bog‘ yaratish istiqbollari, yurtimizda yetishtirilgan mevalarning xorijga eksport qilish imkoniyatlari, erishilgan natijalar, istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi.

Mazkur festival doirasida agrosanoat sohasini rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan seminar tashkil etildi.

– Prezidentimiz joriy yilning boshida tomorqada va ijaraga berilgan ekin yerlarida daromadli mahsulot yetishtirishning yangi tizimi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan edi, – deydi «Mikrokreditbank» bog‘dorchilik loyiha ofisi rahbari Abdug‘ani Ochildiyev. – O‘shanda tijorat banklariga qishloq xo‘jaligi sohalarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan. Shu maqsadda, har bir bankka aniq bazaviy tuman biriktirilib, aynan shu hududda kompleks rivojlantirish ishlari olib borilishi belgilandi. Shundan kelib chiqqan holda “Mikrokreditbank”ka ham muhim vazifalar topshirilgan. Xususan, bankimizga o‘rik, gilos, shaftoli, gul va ko‘chat yetishtirishni hamda turshak tayyorlashni rivojlantirish bo‘yicha topshiriq yuklangan. Bu yirik tadbirimizni ana shu topshiriqlar ijrosi doirasida o‘tkazilyapti desak bo‘ladi. O‘ylaymizki, bu sayl soha vakillariga ancha foydali bo‘ldi. Bankimiz mutasaddilari tomonidan so‘nggi oylarda Quva tumanida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimot qilindi. Bu ma’lumotlar ham tadbir ishtirokchilariga qiziq va nafi tegadigan bo‘ldi. 

Joriy yilda Quva tumanida «Quva-Agro Star» hamda Farg‘ona tumanida esa «Farg‘ona-Agro Star» loyiha ofisi tashkil qilindi.

Mazkur tuzilmalar orqali agrar sohada o‘quv-seminarlar tashkil etildi. Aholi tomorqalari va ijara yerlari esa xatlovdan o‘tkazildi. 

Quva va boshqa tumanlarda muzlatkichlar, qadoqlash hamda konservalash infratuzilmalari qurilishi boshlandi.

Bank tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida to‘rt ming nafarga yaqin aholi va qishloq xo‘jaligi sub’ektlariga 50 milliard so‘mdan ortiq imtiyozli kredit ajratilib, mevali bog‘lar tashkil etishga yordam berildi.

Bu ishlar hudud eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu fikrlarni aniq raqamlar misolida ko‘rib chiqish mumkin. Misol uchun, 2025 yilning may oyi holatiga ko‘ra, Quva tumanida 13 ming tonna gilos, 8 ming tonna o‘rik, 6,2 ming tonna quritilgan o‘rik eksport qilingan.

O‘zA

Reklama huquqi asosida

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Gilos sayli» festivali agrar soha vakillariga tajriba almashish maydoni bo‘ldi