2025 yil 15 mayda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan Sharqiy O‘rta yer dengizi va Yevropa hududlarida “AstraZeneca” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan deb ko‘rsatilgan “Imfinzi” (durvalumab), infuziya uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat 500mg/10ml dori vositasining soxta partiyalari aniqlani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.

Mazkur soxta mahsulotlar Eron Islom Respublikasi (BAZR, BBEG partiyasi) va Turkiya hududlarida (AVZT partiyasi) aniqlangan bo‘lib, bu holatlar haqida 2025 yil mart oyida JSSTga xabar qilingan. Avvalroq ham JSST tomonidan Armaniston, Livan va Turkiyada aniqlangan boshqa soxta partiyalar haqida Tibbiy mahsulotlar bo‘yicha ogohlantirish №5/2024 orqali ma’lumot berilgan.  

SSV huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi axborot xizmatiga ko‘ra, ushbu “Imfinzi” dori vositasi mamlakatimizda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan hamda O‘zbekiston Respublikasida Tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika Davlat reyestriga kiritilmagan. Ayni paytga qadar yurtimizda “Imfinzi” dori vositasidan foydalanish bilan bog‘liq nojo‘ya holatlar haqida xabarlar kelib tushmagan.  

Shunday bo‘lsa-da,  Markaz yurtdoshlarimizni ogohlikka chairib, dori vositalarni qo‘llash chog‘ida nojo‘ya reaksiyalar aniqlansa,  (71) 203-01-01,  (71) 203-41-44 tel raqami orqali murojaat qilish kerakligini eslatib o‘tmoqda.  

Ma’lumot uchun, “Imfinzi” (durvalumab) – faol modda durvalumab asosidagi dori vositasi bo‘lib, u monoklonal antitanachalar toifasiga kiradi va monoterapiya sifatida kattalardagi kichik bo‘lmagan hujayrali o‘pka saratoni (NSCLC)ni davolashda qo‘llaniladi. Dori vositasi retsept asosida beriladi.  

Darvoqe, 2022 yilning kuz oylarida yuz bergan Hindistonda ishlab chiqarilgan “Dok-1 Maks” dori vositasi bilan bog‘liq noxush voqea har birimizga saboq bo‘lishi va ogohlikka chorlashi zarur.  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Imfinzi” dori vositasi mamlakatimizda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan – Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi