Ma’lumki, mamlakatimizda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida bugungi kunda 210 ta maktab faoliyat ko‘rsatadi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul jarayonlari iyun oyidan boshlanadi, imtihonlar esa iyul oyida o‘tkaziladi. Ijod, sport, ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirish jarayonida baholar tabelida a’lo baholarning bo‘lishi talab etilmaydi.

Qanday hollarda Ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz kirish imtiyozi beriladi?

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ro‘yxati Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan xalqaro, mintaqaviy yoki asosiy fan olimpiadalarining uchinchi (viloyat) bosqichi yoki unga tenglashtirilgan bosqichida tegishli (matematika, informatika, fizika, kimyo, biologiya) fanlaridan g‘olib va sovrindor (1-, 2-, 3-o‘rinlar) bo‘lgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va boshlang‘ich professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari o‘zi ta’lim oladigan hududdagi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul kvotasi doirasida kirish imtihonisiz qabul qilinadi.

Prezident maktablarining kirish imtihonida ishtirok etish uchun onlayn hujjat topshirish jarayonida ixtiyoriy ravishda hududdagi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) ixtisoslashtirilgan maktablardan birini tanlagan, Prezident maktablarining 5-sinfiga kirish imtihonlarining 2-bosqichida ishtirok etib, o‘qishga qabul qilinmagan 48 nafar o‘quvchi ballar ketma-ketligida hujjat topshirgan ixtisoslashtirilgan maktabning aniq fanlar yo‘nalishi uchun belgilangan qabul kvotasining 50 foizidan oshmagan holda o‘qishga qabul qilinadi.

Sport maktablarida ham imtihonsiz kirish imtiyozlari joriy etilganmi?  

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida gimnastika bo‘yicha “Gimnastikaga ilk qadam” musobaqasining respublika bosqichi g‘oliblari (1 nafar o‘g‘il bola, 1 nafar qiz bola) belgilangan qabul kvotasi doirasida imtihonsiz (imtiyozli ravishda) Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabining 1-sinfiga qabul qilinadi.

Shuningdek, boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati, O‘zbekiston kubogi hamda respublika turnirlarining g‘olib va sovrindorlari (1-, 2-, 3-o‘rin sohiblari) Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabining qabul kvotasi doirasida kirish imtihonlarisiz o‘qishga qabul qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabining 1-sinfiga badiiy gimnastika va sport gimnastika yo‘nalishlariga jami 24 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.

Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabining 5-sinfiga jami 24 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.

Hujjatlar qabuli joriy yilning 1 iyunidan 20 iyuniga qadar davom etadi.

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ