Ayni kunda Toshkent shahri iste’molchilariga bir sutkada 1 million 900 ming m3dan 2 million 100 m3gacha ichimlik suvi yetkazib berilmoqda. Respublika bo‘yicha esa bir sutkada 4 million 700 ming m3 atrofida ichimlik suvi yetkaziladi. Ko‘rinib turibdiki mamlakatimizda eng katta suv iste’moli poytaxtimiz hisobiga to‘g‘ri keladi. Biroq suvdan samarasiz foydalanish yoki uni isrof qilish holati Toshkent shahrida yuqoriligini ham qayd etish lozim va achinarlisi iste’molchilarning suvdan qarzdorligi 200 milliard so‘mdan tushmayapti.

Kunlar isishi bilan “Salar” oqova suv tozalash inshootidan ko‘tariladigan badbo‘y xid shu atrofdan o‘tayotganlarga, ayniqsa hududga yaqin mahallalarda yashayotganlar uchun noqulayliklar keltirayotgani ko‘p bora aytiladi. Buni ham chorasi topilibdi. Yaqin yillar ichida mazkur inshoot shahardan chekka hududga ko‘chiriladi. Shu va sohada qilinayotgan ishlar xususida Toshkent shahar “Suvta’minot” AJ matbuot xizmati rahbari Ravshan Yoqubjonov bilan suhbatlashdik.  

- Aytingchi keyingi yillarda suv ta’minotida nimalar o‘zgardi va yana kelgusida bu borada qanday o‘zgarishlar qilinadi? Suv isrofgarchiligining oldini olishda qanday chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda?

- Suv mavzusi nafaqat O‘zbekistonda yoki Markaziy Osiyoda, balki global miqyosda dunyo aholisining muhim mavzusiga aylanib ulgurdi. Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, umuman chuchuk suv masalasi dunyo jamoatchiligini o‘ylantirayotgan masala bo‘lib turibdi. Buni sababi muzliklarning erib ketayotganligi, okeanlarga qo‘shilishi, yog‘in miqdorining kamayotganligi deyish mumkin. Aksariyat Afrika mamlakatlari, Markaziy Osiyo mintaqasi, umuman shu issiq davlatlar borki suv muammosi yanayam globallashib boryapti. Xususan, O‘zbekistonda ham 2030 yilga borib suv taqchil bo‘lgan mamlakatlar qatoriga qo‘shilish ehtimoli juda yuqori. Buni mutaxassislar bugundan prognoz qilishyapti.  

Suv masalasi ko‘p vaqt davomida deyarli e’tiborsiz bo‘lib kelgan sohalardan deyish mumkin. Chunki suv juda bemalol bo‘lgan. Ariqlarimizda, kanallarimizda suv bemalol oqqanligi uchun oldimizdan oqqan suvning qadri bilinmagan. Bugungi kunga kelib ariqlarimizda deyarli suv qolmadi. Nafaqat chekka hududlarda, balki Toshkent shahrining o‘zida ham.  Bir vaqtlari poytaxt lotoklarida suv oqardi, bu birinchidan daraxtlarni sug‘orishga imkon bersa, ikkinchidan salqinlikni ta’minlardi. Bugun ana shu suvlar yo‘q, deyarli. (davomi videoda)

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/1e3uGOPyjCI?si=kbo8rjUplYl83yzL" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Yoqub Meliboyev, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Salar” oqova suv tozalash inshooti ko‘chiriladi (+video)